Tapflo Uzbekistan

Tapflo Uzbekistan Ведущий производитель промышленных мембранных насосов с пневматическим приводом, центробежных насосов. - http://www.tapflo.uz/
#насосы

В Tapflo качество является нашим главным приоритетом. В результате, наши производственные стандарты, как и качество продукции, соответствуют различным всемирно признанным стандартам сертификации и контроля качества. Производственный процесс Tapflo сертифицирован в соответствии с ISO 9001: 2015, подтверждая, что наши процессы соответствуют предъявленным требованиям, являются эффективными, ориентированными на клиента и постоянно совершенствуются.

RAMAZON OYI MUBORAK BO‘LSIN!
18/02/2026

RAMAZON OYI MUBORAK BO‘LSIN!

17/10/2025

🔧 Kutilmagan to‘xtab qolishmi? Ishlab chiqarishingizning har bir soat
to'xtab qolishi pulga tushadi va miqdori ba'zan siz o'ylagandan ham ko'proq chiqadi.
Shuning uchun darhol javob bera oladigan hamkor bilan ishlash foydalidir.

✅ Tez yetkazib berish = qisqaroq to‘xtab turish vaqti
✅ Sizning jarayoningizga moslashtirilgan nasos texnologiyalarining keng assortimenti

Uskunalaringiz buzilishni kutmang. Ishlab chiqarishingizdagi oqim yechimlarini hozir himoya qiling.

📞 +99890 982 89 40 📩 [email protected] 🌐www.tapflo.uz

Kimyoviy zavodlardan tortib oqava suvlarni tozalashgacha va sirtni tozalashdan bosmaxonalar liniyalarigacha - Tapflo CTI...
03/10/2025

Kimyoviy zavodlardan tortib oqava suvlarni tozalashgacha va sirtni tozalashdan bosmaxonalar liniyalarigacha - Tapflo CTI sanoat markazdan qochirma nasoslari o‘zining korroziyaga chidamliligi, yuqori unumdorligi, ishonchliligi bilan eng talabchan qo‘llanuvlaringiz uchun haqiqiy moslashuvchanlikni ta'minlaydi.
✅ Tarkibida diametri 6 mm gacha bo'lgan aralashmalarni tashish
✅ Portlash xavfli muhitlar uchun ATEX sertifikatlangan versiyalari mavjud
✅ Yuqori bosim, dozalash, qadoqlash, tozalash va boshqalar uchun juda mos keladi
🔧Quyidagi kabi to'liq yechimlar yaratish uchun uskunangizni Tapflo qo‘shimcha aksessuarlari bilan butlang:
• Yuklash/tushirish
• Qozonlarni tozalash
• Oqimni o'lchash
• Tarqatish va qadoqlash
• Bosimni oshirish
🔍 Qanday sohalarda qo‘llaymiz:
🧪 Kimyoviy qayta ishlash
⚙️ Mashinasozlik va avtomobilsozlik sanoati
🛢️ Neft va gaz
🖨️ Bosmaxona va qadoqlash
🌊 Chiqindilarni va suvni tozalash
🧼 Sirtni tozalash va demineralizatsiya

Yonuvchan yoki yuqori haroratli suyuqliklar bilan ishlash kerakmi? Uzun vallik CTI dizayni harorati 180°C gacha bo'lgan mahsulotlar bilan ishlay oladi - bu motoringizni xavfsiz va ishlashingizni mos holda saqlaydi.
👉 Keling, biz sizga to‘xtab qolish vaqtini kamaytiradigan, texnik xizmat ko‘rsatish qiymatini pasaytiradigan va bosim ostida boshqarish imkonini beruvchi uskunalarimiz bilan yordam beramiz.

📩 Bugunoq mahalliy Tapflo mutaxassisiga murojaat qiling
📞 Qo'ng'iroq qilish: +99890 799 8940 📧 [email protected] 💻 tapflo.uz

09/09/2025

🔧 Jamoamiz harakatda!
Yirik maishiy kimyo zavodida yana bir muvaffaqiyatli uskuna o'rnatish yakunlandi. Ushbu videoda bizning muhandislarimiz SLES aralashtirish va suyultirish tizimini joriy qilmoqdalar - bu bir tizimda (in-line) suyultirish jarayonlari uchun o‘ziga xos yangilikdir.
Ushbu loyiha nimasi bilan innovatsion? Bizning muhandislarimiz tizimni mavjud infratuzilma bilan muammosiz integratsiya qilish uchun amaliy ishladilar - mavjud klapanlar, tanklar va boshqaruv tizimlariga ulanish kabi. Natija? Mijozimiz uchun jarayonlarni boshqarishning to'liq avtomatlashtirilgan o‘zgacha ishonchli tizim.

Tizimning yuragi Tapflo CTX markazdan qochma nasosi bo'lib, barqaror oqim, energiya samaradorligi va mukammal kimyoviy chidamlilikni ta'minlaydi. Maishiy kimyoviy vositalar uchun juda mos keladi.

Raqamlar hammasini ko‘rsatadi: xom ashyo chiqindilari, ish soatlari va ish vaqti sezilarli darajada kamayadi. Yangi tizim uchun xarajatlar mijozimizda 12 oydan kamroq vaqtda o‘zini oqlaydi.

Har bir Tapflo qurilmasi sizning maxsus ishlab-chiqarish talablaringiz va operatsion talablaringiz asosida noyob tarzda ishlab chiqilgan. Biz sizning ishlab-chiqarish jarayoningiz ehtiyojlarini tushunish va sizning muhitingizga haqiqatan ham mos keladigan yechimlarni taqdim etish uchun vaqt va kuch ajrata olamiz.

Siz ishlab-chiqarish jarayoningizni ichkaridan ham, tashqaridan ham tushunadigan hamkor qidiryapsizmi? Operatsiyalarni optimallashtirish va to'liq yechimlarni taqdim etish uchun jamoangiz bilan ishlaydigan sherik kerakmi?

Keling, ishlab chiqarish jarayoni samaradorligini qanday oshirishimiz haqida gaplashaylik.
📞 Qo'ng'iroq qilish: +99890 799 8940 📧 [email protected] 💻 tapflo.uz

💡 MUAMMO:Sanoat jarayonlari ko‘pincha kuchli yuklamalarda ishlay oladigan, uzluksiz ishlashi mumkin bo‘lgan va mavjud ti...
13/05/2025

💡 MUAMMO:
Sanoat jarayonlari ko‘pincha kuchli yuklamalarda ishlay oladigan, uzluksiz ishlashi mumkin bo‘lgan va mavjud tizimlarga moslashib integratsiyalasha oladigan nasoslarni talab qiladi. An’anaviy, faqat muayyan reduktorli dvigatellarga bog‘langan konfiguratsiyalar esa moslashuvchanlikni cheklaydi va to‘xtab turish vaqtlarini oshiradi.

🔧 YECHIM:
Tapflo kompaniyasining yangilangan PT seriyali peristaltik nasosi mustaqil podshipnik tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, nasosni reduktorli dvigatelsiz o‘rnatishga imkon beradi. Butun tizim maksimal aksial yuklamalar uchun optimallashtirilgan va uning barcha komponentlari 5 000 soatdan ortiq uzluksiz ishlash uchun ishlab chiqilgan.

✅ MIJOZ UCHUN FOYDALARI:
» Harakatga keltiruvchi tizimni tanlashda katta erkinlik.
» Osonroq integratsiya va texnik xizmat ko'rsatish.
» PT-ning sinovdan o‘tgan samaradorligi.
» Endi yanada moslashuvchan o‘rnatish talablariga javob beradigan versiyada mavjud.

Chunki Tapflo uchun innovatsiya — bu haqiqiy muammolarga amaliy yechim topishdir.

02/05/2025

🍅 bilan to'ldirilgan bochkalarni bo‘shatish uchun HVS Quattro tizimimizning sinovlaridan qisqa videoni sizga ulashamiz.
Tomat pastasi quyuq mahsulot bo'lib, quruq massa miqdori 38% gacha yetadi va oziq-ovqat ishlab chiqarishda o‘ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Aksariyat zavodlar bu borada bir xil savollarga duch kelishadi:
» Iste'moli yuqori bo‘lgan bu mahsulotni qanday qilib bochkalardan tezda tushirib olsak ekan?
» Qanday qilib bochkani qiymatli qoldiqlarsiz bo'shatish mumkin?
» Buni ishni qanday qilib avtomatik va xavfsiz shaklda amalga oshirishimiz mumkin?

Bizning mijozimiz aynan shunday to‘siqlarni yengib o‘tish ustida ishlagan. Bunday holatlarda, eng yaxshi yondashuv, tajriba o'tkazishdir. Shunday qilib, biz mijozga HVS Quattro tizimimizni keltirdik.
Tajriba qanday o'tdi? Ko'ring 🎥

Diqqat spoyler
Mijozimiz darhol ushbu uskunamizning o‘z talablariga moslashtirilgan variantiga buyurtma berdi va biz zudlik bilan ishlab chiqarishga kirishdik.
Agarda qaysidir bir uskuna sizning ishlab chiqarish jarayoningizda ishlashiga ishonchingiz komil bo'lmasa, eng yaxshi javob bu real sharoitlarda sinovdir. Biz Tapfloda shunday qilamiz.


30/04/2025

Tapfloda biz eng qat’iy standart va zamon bilan hamnafas sanoat talablarga mos sanitar nasos yechimlarini yetkazib beramiz:
✔️ Sut mahsulotlari ishlab chiqarish
✔️ Shokolad ishlab chiqarish
✔️ Kimyoviy jarayonlar

Nasos yechimlari kerakmi? Biz shu yerda! Aloqa uchun:
📢 Tel.: +998 90 982 89 40| 📧 [email protected] | 💻 www.tapflo.uz

Navro‘z Bayramingiz Muborak Bo‘lsin!
21/03/2025

Navro‘z Bayramingiz Muborak Bo‘lsin!

🇺🇿 Happy Independence Day,  ! 🇺🇿🇺🇿 Mustaqillik kuni muborak,  ! 🇺🇿
31/08/2024

🇺🇿 Happy Independence Day, ! 🇺🇿
🇺🇿 Mustaqillik kuni muborak, ! 🇺🇿

Oziq-ovqat, ichimliklar va farmatsevtika sanoatida yuqori gigiyena standartlariga rioya qilish, ayniqsa, qat’iy tozalikn...
05/08/2024

Oziq-ovqat, ichimliklar va farmatsevtika sanoatida yuqori gigiyena standartlariga rioya qilish, ayniqsa, qat’iy tozalikni talab qiladigan turli ingrediyentlar va mahsulotlar bilan ishlaganda qiyinchiliklar yaratishi mumkin.
Tapflo sizga ushbu sohalar uchun maxsus ishlab chiqilgan CTX H gigienik markazdan qochirma nasosini taklif etadi. CTX H nasosi har bir qo‘llanuvda optimal gigiyenani ta'minlaydi.

Xususiyatlari:
👉 Mahsulot bilan kontaktda bo‘ladigan qismlarning elektropolirlanganligi
👉 FDA va EC1935 tomonidan tasdiqlangan muhrlar (fibro-salnik)
👉 Gigiyenik choklar (ulangan qismlari)
👉 Gigiyenik motor pardasi

CTX H nasoslari yuqori gigiyena talablarini ta’minlash uchun ishonchli va samarali yechim bo‘lib, jarayonlaringiz toza va standartlarga mos kelishini ta’minlaydi. Bu ifloslanish xavfini kamaytiradi, xavfsizroq mahsulotlar ishlab chiqarishga olib keladi va ish samaradorligini oshiradi.

Bu nasoslar haqida ko‘proq, quyidagi havoladan bilib oling:
https://lnkd.in/dzsGFzEQ

Agar sizning ehtiyojlaringizga moslashtirilgan yechim kerak bo'lsa, biz bilan bog'laning:
📧 [email protected]
📞 +998 90 9828940

O‘ziga xos ehtiyojlaringiz uchun Tapfloda har doim to‘g‘ri yechim bor.  Yuqori konsentratli eritilgan shakar, sutli shok...
31/07/2024

O‘ziga xos ehtiyojlaringiz uchun Tapfloda har doim to‘g‘ri yechim bor.

Yuqori konsentratli eritilgan shakar, sutli shokolad yoki butun yong‘oqlarni bir joydan ikkinchi joyga tashishingiz uchun, Tapfloda ajoyib yechimlar bor! Bizning keng portfelimiz shokolad ishlab chiqarishning har bir bosqichi uchun ideal yechimlarni taklif qila oladi - xomashyodan tortib, yakuniy mazali mahsulotgacha.

👉 Qandolat va shokolad ishlab chiqarish uchun maxsus nasos dizayni
👉 Mahsulotlarni yuklash va tushirish uchun ikki tomonlama nasos
👉 Yuqori va kam yopishqoq suyuqliklarni tashish
👉 Tizimingizdagi mahsulot tashish muammlorini hal qilish

Tapfloning sinovdan o‘tgan va ishonchli nasos yechimlari yordamida shokolad ishlab chiqarish jarayoningizni qanday yaxshilash mumkinligini bilib oling. Ko‘proq ma’lumot uchun Tapflo Chocolate Solutions-ni ko‘ting.

📧 [email protected]
📞 +998 90 9828940

Siz keramika mahsulotlari ishlab chiqarasiz va ish jarayonini soddalashtirish uchun samarali va innovatsion echimlarni q...
11/07/2024

Siz keramika mahsulotlari ishlab chiqarasiz va ish jarayonini soddalashtirish uchun samarali va innovatsion echimlarni qidiryapsizmi?
Keramika ishlab chiqarishi abraziv xom ashyo bilan hamda yuqori bosimli sharoitlarda ishlashni taqozo etadi, bu esa uskunaning tez yemirilishi va operatsion samarasizlikka olib kelishi mumkin. Izchil bo‘lmagan mahsulotlar oqimi va tez-tez texnik xizmat ko'rsatish ehtiyojlari ishlab chiqarish jarayonini buzishi va xarajatlarni oshirishi mumkin, bu esa sizning keramika mahsulotingizning umumiy sifati va rentabelligiga ta’sir qiladi.

Tapflo TC Intelligent seriyasi keramika ishlab chiqarishda ajoyib funksional va ishonchlilikni ta'minlash uchun ishlab chiqilgan. Ilg‘or xususiyatlari va aqlli dizayni bilan ushbu nasos keramika sanoatida duch keladigan muayyan muammolarni hal qiladi:

⚡️ Kuchaytirilgan samaradorlik: O‘zining aqlli boshqaruv tizimi bilan nasos energiya sarfini kamaytiradi va o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. 🛠️ Mustahkam konstruksiya: abraziv keramik mahsulotlar va yuqori bosim sharoitlariga bardosh bera oladigan pishiq materiallardan yasalgan.
🔒 Xavfsizlik va ishonchlilik: Operatsion nosozliklarni oldini olish va nasosning ishlash muddatini uzaytirish uchun ilg‘or xavfsizlik funksiyalari bilan jihozlangan.

Manfaatlari:
💰 Xarajatlarni tejaydi
🏆 Mahsulot sifati yaxshilanadi
⏱️ Ishlab chiqarish to‘xtab turish vaqtini minimallashtiradi
🔄 Turli xil qo‘llash usullari
Tapflo bilan ishlab chiqarish imkoniyatlaringizni oshiring va samaradorlik hamda ishonchlilikning yangi darajalariga erishing.
Qanday qilib Tapflo keramika ishlab chiqarish sanoati yetakchisi uchun eng yuqori sifatli nasos yechimlarini taqdim etgani haqida batafsil ma’lumot olish uchun bizning veb-saytimizga tashrif buyuring: https://tapflo.com/en/tc-intelligent-pump-for-the-ceramic-industry
Hoziroq Tapflo bilan bog‘laning:
📧 [email protected]
📞 +998 90 9828940

Address

Улица Мустакиллик 75
Tashkent
100000

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Tapflo Uzbekistan posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Tapflo Uzbekistan:

Share