Ассоциация «Узпромстройматериалы»

Ассоциация «Узпромстройматериалы» “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining rasmiy Facebook sahifasi. Qurilish materiallari sanoati sohasini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi uyushma.

Veb-sayt: www.uzsm.uz Elektron pochta: [email protected] Telegram: t.me/ozqurilishmateriallari

01/07/2026



📣📣 Композит ечимлар — замонавий қурилиш учун!

✅ Базальт ва шиша толали композит арматура ҳамда йўл сеткалар — юқори мустаҳкамлик, енгиллик ва узоқ хизмат муддати.

Коррозиясиз, арзон ва энергия тежамкор қурилиш учун энг тўғри танлов!

📌 Сизга шу каби маҳсулотлар керак бўлса бизга мурожаат этинг!👇👇👇

👍 “UNIVERSAL FRP SYSTEMS” МЧЖ

📞 Телефон: 99 010 00 88
99 443 80 80

Qurilish sohasidagi ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi✔️ Texnik jihatdan tartibga solish ...
17/06/2026

Qurilish sohasidagi ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

✔️ Texnik jihatdan tartibga solish agentligida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbir davomida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, texnik jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish hamda tadbirkorlik subyektlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv ochiq va konstruktiv muloqot shaklida o‘tib, ishtirokchilarga o‘z fikr va takliflarini bildirish imkoniyati yaratildi.

Muloqot chog‘ida joriy yilning 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida texnik jihatdan tartibga solish sohasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilingani qayd etildi. Shuningdek, sohadagi islohotlarni jadallashtirish, xalqaro standartlarga asoslangan zamonaviy tizimni shakllantirish, ishlab chiqaruvchilar faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish hamda tadbirkorlar bilan tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha belgilangan vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–25-son Farmoniga muvofiq texnik jihatdan tartibga solish sohasini xalqaro standartlar asosida tubdan takomillashtirishning yangi bosqichi boshlangan. Mazkur hujjat doirasida standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya va bozor nazorati tizimlarini xalqaro talablarga moslashtirish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish hamda eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan standartlashtirish ishlari haqida ham ma’lumot berildi. Xususan, STQ 21 texnik qo‘mitasi faoliyati yuqori baholanib, mamlakatdagi 37 ta texnik qo‘mita orasida ikkinchi o‘rinni egallagani qayd etildi. Bugungi k***a sohaga oid 3291 ta standartning 1323 tasi xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, bu 40,2 foizni tashkil etadi. Shuningdek, 2026–2028-yillar davomida qabul qilinishi rejalashtirilgan xalqaro standartlarning muhim qismi qurilish materiallari sohasiga taalluqli ekani ta’kidlandi.

Tadbir davomida muvofiqlikni baholash va bozor nazoratini takomillashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, 2027-yildan boshlab mahsulotlarning xavf darajasiga asoslangan muvofiqlikni baholash tizimi joriy etilishi ma’lum qilindi. Mazkur tizim mahsulotlarni bozorga chiqarish va ularni nazorat qilish jarayonlarini xalqaro amaliyot asosida tashkil etish imkonini beradi. Shu bilan birga, xalqaro miqyosda tan olingan tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va sifat infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham ma'lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, Texnik tartibga solish milliy axborot tizimi (TRIS) orqali standartlashtirish, sertifikatlashtirish, metrologiya, akkreditatsiya va davlat nazorati jarayonlarini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Hozirda tizimda 100 dan ortiq sertifikatlashtirish organlari, 400 dan ziyod sinov laboratoriyalari, 37 ta texnik qo‘mita va 4500 nafardan ortiq mutaxassis faoliyati qamrab olingan. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar bilan sohadagi mavjud muammolar, amaliy takliflar va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, tadbirkorlarning savollariga atroflicha javoblar berildi.

🔈 Hurmatli hamkasblar, hamkorlar, loyihalashtirish sohasi mutaxassislari!“PENOPLEX” kompaniyasi sizni qurilishdagi zamon...
15/06/2026

🔈 Hurmatli hamkasblar, hamkorlar, loyihalashtirish sohasi mutaxassislari!

“PENOPLEX” kompaniyasi sizni qurilishdagi zamonaviy energiya samarador yechimlarga bag‘ishlangan ixtisoslashtirilgan seminar-taqdimotga taklif qiladi.
Uchrashuvda biz dolzarb tendensiyalarni muhokama qilamiz, fuqarolik va sanoat binolari hamda inshootlarini loyihalashda “PENOPLEX” va "PLASTFOIL" materiallarini qo‘llashning texnik jihatlarini tahlil qilamiz, shuningdek, hisob-kitoblar va kompaniya tugunlarini loyiha hujjatlariga kiritish bo‘yicha savollaringizga javob beramiz.

📅 O‘tkazilish sanasi va vaqti: 24.06.2026-y. 10:00
🧭 O‘tkazilish joyi: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy.

🗓 Tadbir dasturidan o‘rin olgan:
1. Innovatsion issiqlik va gidroizolyatsiya tizimlarining taqdimoti.
2. Loyihachilar uchun amaliy keyslar va tayyor texnik yechimlar.
3. Loyihalashtirishni avtomatlashtirishga oid me’yoriy norma va vositalarni muhokama qilish.
4. Kompaniya texnik mutaxassislari bilan savol-javoblar sessiyasi.
5. Coffee break va erkin muloqot.

📌 Seminarda ishtirok etish bepul.
Sizni ishtirokchilar safida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!

🔈Уважаемые коллеги, партнеры, специалисты в области проектирования!Компания «ПЕНОПЛЭКС» приглашает вас принять участие в...
15/06/2026

🔈Уважаемые коллеги, партнеры, специалисты в области проектирования!

Компания «ПЕНОПЛЭКС» приглашает вас принять участие в специализированном семинаре-презентации, посвященном современным энергоэффективным решениям в строительстве.
На встрече мы обсудим актуальные тенденции, разберем технические особенности применения материалов «ПЕНОПЛЭКС» и PLASTFOIL в гражданском и промышленном проектировании, а также ответим на ваши вопросы по расчету и внедрению узлов в проектную документацию.

📅 Дата и время проведения: 24.06.2026г. 10:00
🧭 Место проведения: г. Ташкент, Юнусабадский район, улица Шахрисабз, 3.

🗓 В программе мероприятия:
1. Презентация инновационных теплоизоляционных и гидроизоляционных систем.
2. Практические кейсы и готовые технические решения для проектировщиков.
3. Обзор нормативной базы и инструментов для автоматизации проектирования.
4. Сессия вопросов и ответов с техническими специалистами компании.
5. Кофе-брейк и неформальное общение.

📌 Участие в семинаре бесплатное.
Будем рады видеть вас среди участников!

🔈 ҲУРМАТЛИ ҚУРИЛИШ СОҲАСИДАГИ ТАДБИРКОРЛАР ЭЪТИБОРИГА!Техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги ҳузурида ташкил этилган “...
11/06/2026

🔈 ҲУРМАТЛИ ҚУРИЛИШ СОҲАСИДАГИ ТАДБИРКОРЛАР ЭЪТИБОРИГА!

Техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги ҳузурида ташкил этилган “Техник жиҳатдан тартибга солиш соҳасида тадбиркорларни қўллаб-қувватлаш клуби” доирасида Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги ва "Ўзсаноатқурилишматериаллари" уюшмаси билан ҳамкорликда очиқ мулоқот ўтказилади.

🗓 Сана: 2026 йил 12 июнь
🕙 Вақт: соат 10:00
📍 Жой: Техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги биноси
📌 Ҳудудлардан иштирок этиш учун ҳавола: https://us06web.zoom.us/j/84853666847?pwd=TbpDha0NpXiMhxSly1V504wErcVVc4.1

👥 Иштирокчилар:
Қурилиш соҳасида фаолият юритаётган тадбиркорлик субъектлари ва давлат идоралари.

📌 Тадбир доирасида:
✔️ Президентнинг 2026 йил 16 февралдаги ПФ–25-сон Фармони асосида тадбиркорлар учун яратилган янги имконият ва қулайликлар;
✔️ Соҳада амалга оширилаётган ислоҳотларнинг жорий ҳолати;
✔️Тадбиркорлик субъектларининг соҳага оид муаммолари ҳамда таклифларини тинглаш ва савол-жавоблар.

🤝 Барча соҳада фаолият юритаётган тадбиркорларни мазкур очиқ мулоқотда фаол иштирок этишга таклиф этамиз!

Манзил: Тошкент шаҳри, Олмазор тумани, Фаробий кўчаси 333а, 2-қават, мажлислар зали.

Qurilish materiallari sohasi mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamd...
10/06/2026

Qurilish materiallari sohasi mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda O‘zbekiston standartlar instituti bilan birgalikda qurilish materiallari sanoati korxonalari vakillarining xalqaro standartlar, Jahon savdo tashkiloti qoidalari, sifat menejmenti, mahsulotlar sifati va xavfsizligi, muvofiqlikni baholash va texnik jihatdan tartibga solish yo‘nalishlari bo‘yicha malakasini oshirish kurslari 2026-yil fevral oyidan boshlab tashkil etilib, dars mashg‘ulotlari doimiy tarzda o‘tkazilib kelinmoqda.
Dars mashg‘ulotlari oflayn (institut auditoriyasida) va/yoki onlayn-vebinar (ZOOM) shaklda malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.
Dars mashg‘ulotlarida tinglovchilar korxona faoliyatida zarur bo‘lgan xalqaro standartlar, muvofiqlikni baholash, sertifikatlashtirish, laboratoriyalar faoliyatiga oid bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari hamda kelgusida korxonangiz faoliyatida ularni samarali qo‘llay olishlari maqsad qilingan.
Dars mashg‘ulotida ishtirok etgan shaxslarga belgilangan tartibda malaka oshirilganlik to‘g‘risida sertifikat taqdim etiladi.
Siz rahbarlik qilayotgan korxonada faoliyat yuritayotgan mutaxassis-xodimlari uchun bu zo‘r imkoniyat, shuningdek biz orqali kursga yozilishning maxsus afzalliklari mavjud. Hoziroq kursga yozilish uchun ariza qoldiring.
Hamkorlik va faol ishtirokingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Onlayn ishtirok etish uchun o‘quv mashg‘ulotlariga oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur. Ko‘rsatilgan havola orqali ro‘yxatdan o‘tish shakli to‘ldirilgandan so‘ng, ishtirokchilarga onlayn-vebinarga ulanish uchun havola taqdim etiladi. Bugunning o‘zida ro‘yxatdan o‘ting va qulay formatda malaka oshirish imkoniyatidan foydalaning!
Qo‘shimcha ma’lumotni telefon raqami orqali bilib olishingiz mumkin: +998 55 518 80 00 (ichki raqam 2356)
:: RO‘YXATDAN O‘TISH::
https://forms.gle/64s4ae8dnMQcUM4r9

Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘li...
04/06/2026

Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga muvofiq, tadbirkorlar bilan navbatdagi VI ochiq muloqotga tayyorgarlik ko‘rish hamda soha vakillarining murojaat va takliflarini o‘rganish maqsadida Termiz shahrida tashkil etildi.

Unda O‘zsanoatqurilishbank va O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasi rahbariyati, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Savdo-sanoat palatasi mas’ullari, shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan 30 ga yaqin korxona vakillari qatnashdi.

Muhokamalar davomida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar o‘z faoliyatlarida duch kelayotgan dolzarb masalalarni o‘rtaga tashladilar. Xususan, kredit mablag‘lariga kompensatsiyalar ajratish, soliq to‘lovlarida imtiyozlar va geologiya bilan bog‘liq tizimli muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi.

Bu kabi uchrashuvlar davlat organlari va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga hamda mahalliy sanoat salohiyatini oshirishga yordam beradi.

ТАДБИРКОРЛАР ДИҚҚАТИГА !!!📢 Қурилиш материаллари ва норуда қазилмалари ишлаб чиқарувчи тадбиркорлар диққатига! Сурхондар...
03/06/2026

ТАДБИРКОРЛАР ДИҚҚАТИГА !!!

📢 Қурилиш материаллари ва норуда қазилмалари ишлаб чиқарувчи тадбиркорлар диққатига! Сурхондарё вилояти, Термиз шаҳрида қурилиш материаллари ишлаб чиқарувчи корхоналарни қийнаётган тизимли муаммоларга чек қўйиш, логистика ва энергоресурслар сарфини камайтириш орқали маҳсулот таннархини арзонлаштириш мақсадида ОЧИҚ МУЛОҚОТ ташкил этилади.

Мулоқотда: Сурхондарё вилояти ҳокимлиги, Бизнес-омбудсман, "Ўзсаноатқурилишбанк" ва "Ўзсаноатқурилишматериаллари" уюшмаси, Савдо-саноат палатаси, Тоғ-кон саноати ва геология соҳасини назорат қилиш инспекцияси Жанубий минтақавий инспекцияси раҳбарияти бевосита иштирок этиб, тадбиркорларнинг муаммоларини жойида ҳал қилиш чораларини кўради.

🗓 Сана: 2026 йил 04 июнь (Пайшанба)

⏰ Вақт: 11:00 да

📍 Манзил: Сурхондарё вилояти, Термиз шаҳри, Алишер Навоий кўчаси, 46А уй. (Мўлжал: Савдо саноат палатаси биноси, Фарход ресторани рўпараси)

Qashqadaryo qurilish materiallari Alyansini tashkil etish muhokama qilindiViloyat hokimligida Qashqadaryo viloyatida qur...
01/06/2026

Qashqadaryo qurilish materiallari Alyansini tashkil etish muhokama qilindi

Viloyat hokimligida Qashqadaryo viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarini yagona kuchga birlashtiruvchi uyushma (Alyans) tashkil etish bo‘yicha muloqot tashkil etilib, unda viloyat hokimi Murotjon Azimov, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi, viloyatimizdagi qurilish sohasi vakillari, tadbirkorlar va mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat rahbari bugun qurilish sohasi iqtisodiyotning muhim drayveri “lokomotiv” tarmoqlaridan biriga aylanib borayotganini ta’kidlab, bu yo‘nalish bo‘yicha viloyatda ishlab chiqarish hajmini keskin oshirish, sifat va raqobatbardoshlikni kuchaytirish, “yashil qurilish” va energiya samaradorligi, import o‘rnini bosish hamda eksport salohiyatini oshirish yuzasidan qator muhim masalalarni aytib o‘tdi.

Shuningdek, mutasaddi rahbarlar tomonidan mazkur soha rivoji yo‘lida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlar, Alyansni tashkil etish, tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlar hamda qulayliklar haqida taqdimotlar o‘tkazilib, batafsil ma’lumotlar berildi.

Shu bilan birga tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar tinglandi. Ularning bildirgan taklif va fikrlari inobatga olinib, ijrosi bo‘yicha mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Qurilish materiallari sohasida xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi2026-yil may oyida "CNBM Sian devorbop" qurilish m...
26/05/2026

Qurilish materiallari sohasida xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi

2026-yil may oyida "CNBM Sian devorbop" qurilish materiallari ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti (Xitoy Xalq Respublikasi), “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda "Shah-Polan M Group Co., Ltd." o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat qurilish materiallari sohasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, past uglerodli yechimlar, sun’iy intellekt asosidagi raqamlashtirish, shuningdek, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

Memorandum doirasida tomonlar qo‘shma ilmiy-texnik markaz (laboratoriya) tashkil etish, pilot loyihalarni amalga oshirish, mutaxassislar tayyorlash, energiya samarador va ekologik xavfsiz texnologiyalarni joriy qilish, shuningdek, O‘zbekiston qurilish sanoatida investisiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini birgalikda ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Ushbu memorandumning imzolanishi O‘zbekiston–Xitoy sanoat hamkorligini yanada mustahkamlash, ilg‘or tajriba almashinuvini kengaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi qurilish materiallari sanoati rivojida innovatsion yondashuvlarni ilgari surishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Address

Мирзо-Улугбекский район, проспект Мустакиллик, дом 5
Tashkent
100000

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Ассоциация «Узпромстройматериалы» posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share