Nires_uz

Call Website Contact the business

Nires_uz Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti

🌿 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni!Hurmatli ustoz va murabbiylar!Sizlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan Qayta tikl...
30/09/2026

🌿 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni!

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Sizlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarning fidokorona mehnatingiz, bilim va tajribangiz, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan hissangiz yuksak e’tirofga munosib.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyat va yangi zafarlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar! 💐

📢 2027-YIL UCHUN TAYANCH DOKTORANTURA VA STAJYOR-TADQIQOTCHILIKKA QABUL E’LON QILINADI!O‘zbekiston Respublikasi Energeti...
15/09/2026

📢 2027-YIL UCHUN TAYANCH DOKTORANTURA VA STAJYOR-TADQIQOTCHILIKKA QABUL E’LON QILINADI!

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti 2027-yil uchun tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilikka qabul e’lon qiladi.

🎓 Qabul kvotalari:
🔹 Tayanch doktorantura (PhD) — 3 ta o‘rin
🔹 Stajyor-tadqiqotchilik — 2 ta o‘rin

🔬 Qabul yo‘nalishi:
05.05.06 — “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari”

📅 Hujjatlarni qabul qilish:
2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha

🌐 Hujjatlar daraja.ilmiy.uz Yagona elektron tizimi orqali onlayn topshiriladi.

🌍 Chet tilini bilish darajasi: B1 sertifikat

☎️ Murojaat uchun: +998 71 231 10 00
📧 E-mail: [email protected]

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot inst...
22/07/2026

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida "O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi" ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur laboratoriya "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusi doirasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida energetika sohasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o'rinbosari Umid Maxmudovich Mamadaminov hamda Xitoy Xalq Respublikasining Ichki Mo‘g‘uliston Avtonom Rayoni Partiya qo‘mitasi kotibi o‘rinbosari Shi Guanghui, hamda ikki davlatning oliy ta’lim va ilmiy muassasalari vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida qo‘shma laboratoriyaning ramziy ochilish marosimi o‘tkazilib, ilmiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Qo‘shma laboratoriya doirasida quyosh, shamol va vodorod energetikasi hamda energiya saqlash texnologiyalari yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, innovatsion ishlanmalarni yaratish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda ilg‘or energetika texnologiyalarini O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda joriy etish bo‘yicha hamkorlik amalga oshiriladi.

18/11/2025

🇺🇿 Bizni osh emas, bayroq birlashtiradi!

Bayrog‘imiz — mustaqil davlatchiligimizning yorqin timsoli, xalqimizning orzu-umidlari va g‘ururidir. U har bir yurtdoshimizda faxr-iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi.

Unda milliy-tarixiy an’analarimiz, boy madaniyatimiz hamda poklik, donishmandlik, mardlik, shon-sharaf va sadoqat kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar o‘z ifodasini topgan.

Jonajon O‘zbekistonimiz qaddi doim baland bo‘lsin! Bayrog‘imiz hamisha yuksak cho‘qqilarda hilpirasin!

©️Kontent markazi (https://t.me/kontentmarkazi/8)

Bugun, 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan Ene...
18/11/2025

Bugun, 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy
ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi!

15-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo ...
14/11/2025

15-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. (https://president.uz/oz/lists/view/8656)

—————

15-16 ноября в городе Ташкенте под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева пройдет (https://president.uz/ru/lists/view/8656) седьмая Консультативная встреча глав государств Центральной Азии.

Institut xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqasi o‘tkazildiKecha, Ene...
14/11/2025

Institut xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqasi o‘tkazildi

Kecha, Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashabbusiga binoan hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqasi o‘tkazildi.

Unda xodimlar sportning shaxmat, shashka, qisqa masofaga yugurish va stol tennisi turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Musobaqa yakunida g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 Qadring baland boʻlsin ona tilim🇺🇿 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi hamda 21-oktabr — O‘zbe...
22/10/2025



Qadring baland boʻlsin ona tilim

🇺🇿 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi hamda 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida bayram tadbiri keng nishonlandi.

 CAEx – O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmalar markazida “InnoWeek–2025” VIII Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi ko‘rgazma...
10/10/2025



CAEx – O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmalar markazida “InnoWeek–2025” VIII Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi ko‘rgazmasi bo'lib o'tmoqda.

Joriy yilning 9-11-oktyabr kunlari CAEx – O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmalar markazida “InnoWeek–2025” VIII Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi ko‘rgazmasi bo'lib o'tmoqda.

Unda xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning keng ko‘lamli texnologiyalari hamda innovatsion loyihalari bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjud.

Mazkur tadbirda Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ham “yashil” energiya manbalari imkoniyatlarini aks ettiruvchi loyihalar bilan faol ishtirok etmoqda.

Address

Toshkent Shahri, Chingiz Aytmatov Ko‘chasi, 2B-uy, 2-bino

100084

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712311000

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Nires_uz posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Nires_uz:

Shortcuts

  • Want your business to be the top-listed engineering company?

Share