Toshkentboshplan LITI Davlat Muassasasi

Toshkentboshplan LITI Davlat Muassasasi "Toshkentboshplan LITI" Davlat Muassasasi rasmiy axborot xizmati. Bizning manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko'chasi, 14-uy.

Telefonlar: +998712156255; +998712556688

“ToshkentboshplanLITI” DM: Ijro intizomi va samaradorlik — muvaffaqiyat omili!Muassasamizda navbatdagi umumiy yig‘ilish ...
29/04/2026

“ToshkentboshplanLITI” DM: Ijro intizomi va samaradorlik — muvaffaqiyat omili!

Muassasamizda navbatdagi umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bosh direktor v.v.b. B.S.Usmanov raisligida o‘tgan yig‘ilishda joriy yilning aprel oyida amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi va ijro intizomi masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

✅ Ish samaradorligini oshirish: Har bir bo‘limda xodimlarning kunlik va haftalik hisobot tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga xizmat qiladi.

✅ Muhim loyihalar: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Yangi Toshkent hududidagi “Favora”, Urgut tumanidagi yangi ma’muriy markaz hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti loyihalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar jarayoni nazoratga olindi.

✅ Tezkor yechimlar: Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni hamjihatlikda, qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

✅ Moliyaviy intizom: Shartnomaviy majburiyatlar ijrosini ta’minlash va qarzdorliklarni undirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishi belgilandi.

“ToshkentboshplanLITI” jamoasi yurtimiz shaharsozlik salohiyatini oshirish, belgilangan topshiriqlarni sidqidildan bajarish va oldimizga qo‘yilgan ulkan vazifalarni muvaffaqiyatli yakunlash uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar qilmoqda.

🚀 Biz birgalikda kelajakni loyihalashtiramiz!

YangiToshkent Ozbekiston

"ToshkentboshplanLITI" davlat muassasasida xalqaro hamkorlik: Astana shahri tajribasi o‘rganilmoqdaBugun "Toshkentboshpl...
29/04/2026

"ToshkentboshplanLITI" davlat muassasasida xalqaro hamkorlik: Astana shahri tajribasi o‘rganilmoqda
Bugun "ToshkentboshplanLITI" davlat muassasasida shaharsozlik va loyihalash sohasidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda muassasamiz rahbariyati va muhandislik tarmoqlari loyihalarini ishlab chiqish bo‘limi mutaxassislari, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasining Astana shahridan tashrif buyurgan "Proyektir-Astana" MChJ direktori Shauker Azamat hamda kompaniyaning yetakchi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Uchrashuvning asosiy kun tartibi:
Tomonlar muhandislik tarmoqlari loyihalarini ishlab chiqishda zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish hamda shaharsozlikdagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Hamkorlik istiqbollari:
Muloqot davomida Toshkent shahrida rejalashtirilgan bir qator ko‘p qavatli noturar va turar joy obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini hamda biznes rejalarini hamkorlikda ishlab chiqish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi. Qozog‘istonlik hamkasblarimiz o‘zlarining boy tajribalari bilan o‘rtoqlashar ekan, loyihalash jarayonida energiya samaradorligi va ekologik barqarorlikni ta’minlashning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Natijalar:
Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar o‘zaro tajriba almashish va kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishdilar. "ToshkentboshplanLITI" davlat muassasasi xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikni kengaytirish orqali poytaxtimiz shaharsozlik qiyofasini yanada zamonaviylashtirish va loyihalar sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishni maqsad qilgan.

Ushbu hamkorlik Toshkent shahrining bosh rejasi va kelajakdagi yirik bunyodkorlik ishlarida yangi sifat bosqichini boshlab berishiga ishonamiz.

Loyihalash Arxitektura Infratuzilma

"ToshkentboshplanLITI" va Xitoyning "Haochinc" sanoat guruhi: Yangi loyihalar sari muhim qadamToshkent, 2026-yil 24-apre...
24/04/2026

"ToshkentboshplanLITI" va Xitoyning "Haochinc" sanoat guruhi: Yangi loyihalar sari muhim qadam
Toshkent, 2026-yil 24-aprel — "ToshkentboshplanLITI" davlat muassasasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muassasa direktori B.Usmonov hamda muassasaning malakali mutaxassislari Xitoyning yetakchi "Haochinc" sanoat guruhi MCHJ direktori Kerwin Zhou boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdilar. Tomonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar konstruktiv ruhda kechdi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi — Yangi Toshkent hududida barpo etilayotgan zamonaviy va ulkan favvora qurilishi loyihasi bo‘ldi. Tomonlar loyihaning texnik jihatlari, me’moriy yechimlari va uni amalga oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Muloqot davomida ikki mamlakat mutaxassislari loyihalashtirish va shaharsozlikdagi ilg‘or tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Norasmiy muhitda davom etgan suhbat chog‘ida mutaxassislar zamonaviy shaharsozlikda gidrotexnik inshootlarning o‘rni va ekologik samaradorligi bo‘yicha o‘z qarashlarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni rasmiylashtirish maqsadida Memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Ushbu hujjat kelgusida tajriba almashish, texnologik innovatsiyalarni joriy etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

"ToshkentboshplanLITI" davlat muassasasi xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali poytaxtimizni yanada ko‘rkam va zamonaviy megapolisga aylantirish yo‘lida o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Toshkent Investitsiya

DIQQAT: SPORT — SALOMATLIK VA HAMJIHATLIK RAMZI!Davlat idoralarida haftada bir kun «Sport kuni» deb e’lon qilindi!Muhtar...
12/04/2026

DIQQAT: SPORT — SALOMATLIK VA HAMJIHATLIK RAMZI!
Davlat idoralarida haftada bir kun «Sport kuni» deb e’lon qilindi!
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslariga ko‘ra, endilikda davlat xizmatchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida haftaning bir kuni maxsus «Sport kuni» etib belgilandi. Bu borada rahbarlar o‘z xodimlariga shaxsiy namuna ko‘rsatib, sport bilan shug‘ullanishlari alohida ta’kidlandi.
Ushbu xayrli tashabbus doirasida kecha “ToshkentboshplanLITI” davlat muassasasi hamda “UyjoyLITI” davlat muassasasi xodimlari o‘rtasida futbol bo‘yicha do‘stona musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Murosasiz bahs va g‘alaba
Maydonda kechgan qizg‘in va murosasiz o‘yin natijasiga ko‘ra, 2:0 hisobida “ToshkentboshplanLITI” davlat muassasasi jamoasi mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!
Musobaqaning ahamiyati:
Bu kabi tadbirlar nafaqat xodimlarning jismoniy va aqliy tetikligini ta’minlash, balki quyidagi muhim maqsadlarga ham xizmat qiladi:
Madaniy-ma’rifiy hordiq: Ish jarayonidan tashqari vaqtda xodimlarning mazmunli dam olishini tashkil etish;
Tajriba almashinuvi: Ikki tashkilot xodimlari o‘rtasida o‘zaro yaqin aloqalarni o‘rnatish va hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish;
Jamoaviy ruh: Xodimlarning birdamligini oshirish va sog‘lom raqobat muhitini yaratish.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, yilda kamida ikki marta to‘rtta sport turi bo‘yicha xodimlar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazilishi va g‘oliblarning munosib taqdirlanishi an’anaga aylanadi.
Sport bilan shug‘ullanish — nafaqat salomatlik, balki ish samaradorligining ham garovidir!
YangiOʻzbekiston

9-APREL — SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUD TOPGAN KUN 👑Bugun jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk sarkarda, davlat ar...
09/04/2026

9-APREL — SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUD TOPGAN KUN 👑
Bugun jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk sarkarda, davlat arbobi, ilm-fan ва madaniyat homiysi — Amir Temur ibn amir Tarag‘ay tavalludining 690 yilligi keng nishonlanmoqda.

Tarixga bir nazar:
Amir Temur 1336-yil 9-aprelda qadimiy Kesh (hozirgi Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi — Muhammad Tarag‘ay barlos ulusining obro‘li beklaridan biri, jasur jangchi va ilm ahliga cheksiz ehtirom ko‘rsatgan ma’rifatparvar inson bo‘lgan. Aynan mana shu muhit yosh Temurning kelajakda ham kuchli sarkarda, ham adolatli hukmdor bo‘lib yetishishiga poydevor bo‘lgan.

Loyiha va bunyodkorlik falsafasi:
Sohibqiron bobomiz faqat fathlar bilan cheklanib qolmagan. U buyuk bunyodkor edi. Uning "Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘nta g‘isht qo‘ydim" degan so‘zlari bugungi k***a ham quruvchi va loyihachilarimiz uchun eng oliy dasturilamaldir. Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlardagi mahobatli obidalar uning yuksak didi va muhandislik salohiyatidan dalolat beradi.

Biz uchun ibrat:
Amir Temur siymosi — bu mardlik, qat’iyat va intizom timsolidir. Uning mashhur "Kuch — adolatdadir!" shiori bugungi k***a davlatimiz va jamiyatimiz hayotining bosh mezoniga aylangan.

Aziz vatandoshlar, zahmatkash loyihachilar va hamkasblar!
Buyuk bobomizning ruhlari shod bo‘lsin. Uning hayoti va faoliyati bizni har kuni yangi-yangi marralarni zabt etishga, yurtimiz obodligi yo‘lida charchamay mehnat qilishga chorlayversin.

"Azm-u jazm bilan ish tutdim. Bir ishni qilishga qaror qilgan bo'lsam, butun zehnimni unga qaratdim va oxiriga yetkazmaguncha undan qo'l tortmadim." — Amir Temur.

📌 “KUCH ADOLATDADIR!”: TOSHKENTDA SOHIBQIRON TAVALLUDINING 690 YILLIGI YUQORI SAVIYADA NISHONLANDIBugun “Toshkentboshpla...
02/04/2026

📌 “KUCH ADOLATDADIR!”: TOSHKENTDA SOHIBQIRON TAVALLUDINING 690 YILLIGI YUQORI SAVIYADA NISHONLANDI
Bugun “ToshkentboshplanLITI” davlat muassasasining muhtasham majlislar zalida o‘zbek davlatchiligi tarixining yorqin siymosi, buyuk sarkarda va adolatli hukmdor Amir Temur bobomiz tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan tantanali ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Toshkent shahar qurilish  bosh boshqarmasi hamda “ToshkentboshplanLITI” davlat muassasasi hamkorligida tashkil etilib, unda soha mutaxassislari, rahbarlar va yosh kadrlar bir safda jam bo‘ldilar.

🌟 Tadbirning faxriy mehmonlari va so‘zga chiqqanlar
Anjuman saviyasini yanada yuksaltirish maqsadida ilm va madaniyat namoyandalari taklif etildi. Xususan:

To‘lqin Hayit — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. U kishi o‘z ma’ruzasida Amir Temurning jahon tamadduniga qo‘shgan hissasi va uning shaxsiyati atrofidagi tarixiy haqiqatlar haqida so‘zlab, yig‘ilganlarning ma’naviy olamini boyitdi.

Mahmud Musayev — “ToshkentboshplanLITI” ustoz me’mori va Faxriylar kengashi a’zosi. Mahmud Sharipovich Temuriylar davri me’morchiligining o‘ziga xos maktabi va uning bugungi shaharsozlikdagi o‘rni haqida to‘xtaldi.

Zabihillo Zikrillaev — Bosh me’mor.

Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi direktori o‘rinbosari.

📜 Tarixiy meros va bunyodkorlik falsafasi
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Sohibqironning “Qayda adolat bo‘lsa, shunda baraka va taraqqiyot bo‘ladi” degan oliyjanob tamoyilini bugungi kun qurilish va arxitektura sohasi bilan bog‘ladilar. Ta’kidlandiki, Amir Temur nafaqat yirik imperiya asoschisi, balki dunyoni hayratga solgan Samarqand, Shahrisabz kabi shaharlarning buyuk me’mori hamdir.
🇺🇿 Maqsad: Ma’naviy yetuklik va vatanparvarlik
Ushbu tadbir shunchaki xotira kechasi emas, balki xodimlarning:
✅ Tarixiy bilimlarini mustahkamlash;
✅ Vatanparvarlik ruhini yuksaltirish;
✅ Ajdodlarimiz qoldirgan madaniy merosni asrash va davom ettirishga qaratilgan amaliy qadam bo‘ldi.

MOZIYGA SAYOHAT: QASHQADARYO VOHASIGA UNUTILMAS TASHRIF 🏛✨“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-n...
30/03/2026

MOZIYGA SAYOHAT: QASHQADARYO VOHASIGA UNUTILMAS TASHRIF 🏛✨
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 49-son bayoni” ijrosini ta’minlash hamda xodimlarning madaniy hordig‘ini mazmunli tashkil etish maqsadida, navbatdagi sayohat Qashqadaryo viloyatiga uyushtirildi.

Ushbu madaniy tadbir muassasa kasaba uyushmasi raisi M.Jumabayeva tashabbusi va tashkilotchiligida yuqori saviyada o‘tkazildi. Sayohatda O‘zbekiston transport yo‘li va kapital qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi raisi, “ToshkentboshplanLITI” DM direktori B.Usmanov hamda tizimdagi bir guruh boshqa qurilish tashkilotlari xodimlari ishtirok etdilar.

📅 Sayohat k***aligidan:

Qarshi shahri: Hijriy 999-yilda qurilgan, moviy gumbazlari bilan mashhur “Ko‘kgumbaz” masjidi, zamonaviy “Vatanparvar bog‘i” (Neopark) va XIV asrga oid muhtasham Amir Temur ko‘prigi xodimlarda katta taassurot qoldirdi.

Shahrisabz: Sohibqiron davlatining qudratini ko‘rsatuvchi Oqsaroy, temuriylar xonadoni mangu qo‘nim topgan Dor-us Saodat va ma’naviy-memorial majmua hisoblangan Dor-ut Tilovat maskanlari ziyorat qilindi. Shuningdek, xodimlar yangi tashkil etilgan “Maqom muzeyi” faoliyati va milliy san’atimiz durdonalari bilan yaqindan tanishdilar.

M.Jumabayeva boshchiligida o‘ta yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu sayohat jamoaviy jipslikni mustahkamlash, xodimlarning madaniy dunyoqarashini boyitish va soha vakillari o‘rtasida do‘stona muloqotni rivojlantirishga xizmat qildi. 🌸🇺🇿

KasabaFaoli Qashqadaryo Turizm2026

„ToshkentboshplanLITI“ DMda navbatdagi apparat yig‘ilishi: Tizimli o‘zgarishlar va istiqboldagi vazifalarBugun „Toshkent...
24/03/2026

„ToshkentboshplanLITI“ DMda navbatdagi apparat yig‘ilishi: Tizimli o‘zgarishlar va istiqboldagi vazifalar
Bugun „ToshkentboshplanLITI“ davlat muassasasida muassasa rahbari  B.Usmanov boshchiligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O’ zbekiston respublikasi prezidentining joriy yil 24-февралдаги ПҚ 73-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda muassasa faoliyatidagi tarkibiy o‘zgarishlar masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Asosiy o‘zgarishlar va yangi tuzilma
Qarorga muvofiq, shaharsozlik sohasini yanada takomillashtirish maqsadida 2026-yil 1-martdan boshlab quyidagi tashkiliy o‘zgarishlar amalga oshirilishi belgilandi:

Boshqaruv tizimi: „ToshkentboshplanLITI“ davlat muassasasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimidan Toshkent shahri hokimligi tuzilmasiga o‘tkaziladi.

Strategik hamkorlik: Shu bilan birga, muassasa „Urbanizatsiya va shaharsozlik ishlab chiqish respublika markazi“ davlat muassasasi — Milliy qo‘mita tizimi bilan hamohang faoliyat yuritadi.

Loyiha muallifligi: Samarqand shahri hamda Toshkent viloyati shaharlarining bosh rejalari bo‘yicha mualliflik huquqi va tegishli hujjatlar „O‘zshaharsozlikLITI“ bosh loyiha institutiga o‘tkaziladi.

„Ushbu islohotlar poytaxtimiz va respublikamiz shaharlarini rivojlantirishda boshqaruv samaradorligini oshirish, shaharsozlik hujjatlarini mahalliy ehtiyojlarga yanada moslashtirishga xizmat qiladi.“

Kelgusidagi rejalar
Yig‘ilish yakunida muassasa rahbari tomonidan barcha bo‘lim va mutaxassislarga o‘tish davrida ish jarayonlarini uzluksiz davom ettirish, hujjatlar aylanmasini tartibga solish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli ijro etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

🏗 Zamonaviy arxitektura – taraqqiyotimizning vizual qiyofasi!Kecha, 2026-yil 17-mart kuni “ToshkentboshplanLITI” davlat ...
18/03/2026

🏗 Zamonaviy arxitektura – taraqqiyotimizning vizual qiyofasi!
Kecha, 2026-yil 17-mart kuni “ToshkentboshplanLITI” davlat muassasasida soha kelajagi bo‘lgan yoshlar bilan unutilmas uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Toshkent davlat qurilish va arxitektura universiteti talabalari ishtirokida tashkil etilgan “Ochiq muloqot” nafaqat savol-javob, balki tajriba almashish maydoniga aylandi.

🏛 Muloqot markazida nimalar bo‘ldi?
Suhbatning asosiy mavzusi — “Davlatimiz taraqqiyoti uchun zamonaviy arxitekturaning ahamiyati” bo‘lib, unda bugungi k***a shaharsozlik nafaqat bino qurish, balki ijtimoiy ekotizim yaratish ekanligi alohida ta’kidlandi.

Mutaxassislar tomonidan talabalarga quyidagi muhim yo‘nalishlarda tavsiyalar berildi:

Urbaniya va ekologiya mutanosibligi: Zamonaviy arxitektura faqat sh**ha va betondan iborat emas, u “yashil texnologiyalar” va energiya samaradorligiga asoslanishi shart.

Milliy kolorit va modernizm: Milliy an’analarimizni zamonaviy yechimlar bilan uyg‘unlashtirgan holda O‘zbekistonning o‘ziga xos me’moriy brendini yaratish.

Aqlli shahar (Smart City) konsepsiyasi: Loyihalash jarayonida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan unumli foydalanish.

“Arxitektor — bu shunchaki chizmachilik emas, u kelajak hayot tarzini loyihalashtiruvchi ijodkordir.” — uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan bildirilgan ushbu fikr talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

💡 Talabalar tashabbusi
Muloqot davomida talabalar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari va kreativ takliflarini o‘rtoqlashdilar. Mutaxassislar har bir loyihaviy taklifni tahlil qilib, amaliy maslahatlar berdilar va yosh loyihachilarni qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Bu kabi uchrashuvlar nazariya va amaliyotning birlashishiga, pirovardida esa yurtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadigan professional kadrlar yetishib chiqishiga xizmat qiladi.

Uzbekistan2026 ModernArchitecture

📢 Soha rivojida innovatsion qadam: PTV Visum dasturi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi“ToshkentboshplanLITI” davlat muassasas...
17/03/2026

📢 Soha rivojida innovatsion qadam: PTV Visum dasturi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi
“ToshkentboshplanLITI” davlat muassasasida loyihalash ishlarini zamonaviy usullar asosida tashkil etish va ish jarayoniga ilg‘or dasturiy ta’minotlarni joriy qilish maqsadida navbatdagi amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dasturchilar va soha mutaxassislari bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu taqdimot yig‘ilishi loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish va shaharsozlikda transport modellashtirishning eng samarali vositalaridan biri — PTV Visum dasturiga bag‘ishlandi.

🚀 Nima uchun aynan PTV Visum?
Yig‘ilish davomida ushbu dasturning loyiha tayyorlashdagi ahamiyati, uning afzalliklari va ish unumdorligini oshirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Mutaxassislar dasturning quyidagi imkoniyatlariga alohida to‘xtalib o‘tdilar:

Yuqori aniqlik: Transport oqimlari va shahar infratuzilmasini matematik aniqlikda tahlil qilish.

Vaqtni tejash: Loyihalash jarayonidagi murakkab hisob-kitoblarni tezkorlik bilan amalga oshirish.

Samaradorlik: Strategik rejalashtirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolarni oldindan modellashtirish orqali bartaraf etish.

🤝 Kelajak rejalari
Taqdimot yig‘ilish ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Muhokamalar yakunida mazkur dasturning imkoniyatlari yuqori baholanib, uni muassasa ish faoliyatida sinov tariqasida (pilot loyiha sifatida) qo‘llab ko‘rish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish — poytaxtimizning shaharsozlik qiyofasini ilmiy asoslangan va xalqaro standartlarga mos ravishda shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

📍 Bizni kuzatishda davom eting!
TransportModeli

🌸 Bahor va ayol nafosati tarannumi: ToshkentboshplanLITI davlat muassasada bayram shukuhiBugun muassasamizda bahorning i...
06/03/2026

🌸 Bahor va ayol nafosati tarannumi: ToshkentboshplanLITI davlat muassasada bayram shukuhi
Bugun muassasamizda bahorning ilk ayyomi — 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan ma’muriyat hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida unutilmas bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni muassasa rahbari B.S.Usmano‘v kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, barcha ayol xodimlarni samimiy qutlab, ularning muassasa rivoji va oila mustahkamligidagi o‘rni beqiyos ekanligini alohida ta’kidladi.

✨ E’tibor va e’tirof
Bayramning eng hayajonli qismi taqdirlash marosimi bo‘ldi. Rahbarimiz tomonidan har bir ayol xodimaga:

💰 Pul mukofotlari;

🎁 Ro‘zg‘orbop va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

🤝 Avlodlar uchrashuvi va samimiy tilaklar
Tadbirda muassasamizda ko‘p yillardan buyon fidokorona mehnat qilib kelayotgan, yoshlarga o‘rnak bo‘layotgan faxriy xodimlarimiz F.Ikramov, M.SHaripovlar ham ishtirok etishdi. Shuningdek, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M. Lumabayeva  ham so‘zga chiqib, ayollarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va kelgusi ishlarida zafarlar tiladi.

“Ayol bor ekan — olam munavvar, hayotimiz mazmunli va xonadonlarimiz fayzli. Bugungi e’tibor barcha hamkasblarimizga yangi kuch va g‘ayrat bag‘ishladi,” — deyiladi tabriklarda.

🎉 Ko‘tarinki ruh va unutilmas lahzalar
Bayram tadbiri juda ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Yangragan kuy-qo‘shiqlar va samimiy suhbatlar barcha xodimlarning kayfiyatini ko‘tarib, ko‘ngillariga xushnudlik va shodlik olib keldi. Bunday tadbirlar jamoamizdagi o‘zaro birdamlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

🌸 Barcha ayollarimizni bahoriy ayyom bilan yana bir bor tabriklaymiz!

Address

Bobur Ko'chasi/14
Tashkent
100100

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Toshkentboshplan LITI Davlat Muassasasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share