26/06/2026
Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida urbanizatsiya hamda shaharsozlik sohasidagi hamkorlik kengaymoqda.
Shu kunlarda Istanbul shahrida urbanizatsiya, uy-joy qurilishi va shaharsozlik yoʻnalishlarida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida qator uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.
Tashrif davomida Sarikoch Holding, Emlak Konut va MÜSİAD vakillari bilan muzokaralar oʻtkazilib, loyihalar, zamonaviy qurilish texnologiyalari, sifat standartlari va barqaror rivojlanish tamoyillari muhokama qilindi.
Tomonlar ilgʻor tajribalarni Oʻzbekistonda joriy etish va oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
____
Özbekistan ile Türkiye arasında şehircilik ve inşaat alanındaki iş birliği güçleniyor.
İstanbul’da şehircilik, konut ve inşaat alanlarında iş birliğini geliştirmek amacıyla bir dizi önemli görüşme gerçekleştirilmektedir.
Ziyaret kapsamında Sarikoch Holding, Emlak Konut ve MÜSİAD temsilcileriyle bir araya gelinerek projeler, modern inşaat teknolojileri, kalite standartları ve sürdürülebilir şehircilik anlayışı değerlendirildi.
Taraflar, deneyim paylaşımı ve Özbekistan’da ortak projelerin geliştirilmesine yönelik iş birliğinin güçlendirilmesi konusunda görüş alışverişinde bulundu.