20/05/2026
Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etiladi
“O‘zmetkombinat” AJda Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etiladi.
Tadbir metallurgiya sohasi xodimlarini e’tirof etish hamda ularga madaniy hordiq taqdim etish maqsadida o‘tkaziladi.
Bayram dasturi 21-may kuni soat 17:00 da “Metallurglar” Madaniyat saroyida boshlanadi. Dastur davomida taniqli estrada ijrochilari — Jasmin, Shohruxxon, Botir Qodirov hamda Suhrob Hamdamov ishtirokida konsert dasturi namoyish etiladi. Madaniyat saroyi hovlisida ishtirokchilar uchun bayram sayli va ko‘ngilochar tadbirlar ham tashkil etiladi.