Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati "Olmaliq KMK" AJning Facebook rasmiy sahifasi

Qimorning oxiri voy yoxud yosh joningizni uvol qilmang!.. Bu safar omadi kelmadi. Kechagi o‘yinlarda ham u tikkan jamoal...
10/07/2026

Qimorning oxiri voy yoxud yosh joningizni uvol qilmang!
.. Bu safar omadi kelmadi. Kechagi o‘yinlarda ham u tikkan jamoalar yutqazib qo‘ydi. Bugun yana o‘ynaydi. Kecha tavakkaliga katta kredit olgan, u ham ko‘ziga kam ko‘rinib, tanishlaridan anchagina qarz ko‘tardi. Bugungi o‘yinlarda o‘sha yutqazganlarini ham chiqarib oladi. Hammaga ko‘rsatib qo‘yadi, hali. Xayolida u pul tikkan jamoalar raqiblarini yutib, ancha pul ishlab olishini, qarzlarini ham qutulishini, bir zumda boyib, barcha orzularini amalga oshirishini o‘ylarkan, bir tamshanib qo‘ydi. Ammo, u kutganidek bo‘lmadi. Yirik mablag‘ qo‘ldan ketdi. Endi u qarz botqog‘iga botgan, shirin orzular sarobga aylangandi. Nima qilish kerakligini anglamay, parishonxotir holda o‘tirardi. Endi unga baribir, hayotni qizig‘i qolmagan, qanday bo‘lmasin, bu muammolardan qutilishni o‘ylardi. Allohning omonatiga xiyonat qilar ekan, ko‘ziga yaqinlari ham ko‘rinmadi. Qimor uning hayotini barbod qilgan edi...
Bugun yoshlar o‘rtasida ommalashib borayotgan onlayn qimor o‘yinlari afsuski, ko‘plab yoshlarning hayotini barbod qilayapti. Tezda boyib ketish ilinjida yoshlar hatto katta qarz olib, qimorga bor-budini yutqazib, xatto joniga qasd qilishgacha borishmoqda.
Joriy yilning 9-iyul kuni Mis eritish zavodi ishchi-xodimlari uchun tashkil etilgan navbatdagi profilaktik tadbirda bugungi k***a dolzarb mavzuga aylangan onlayn qimor masalalari muhokama etildi.
Tadbirda Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB xodimlari, Milliy bank Olmaliq filiali mas’ullari, “Hilol” jome masjidi imom noibi Saidmuhammadqori Maydinxonov ishtirok etishdi.
-Alloh taolo odam bolasiga juda ko‘p ne’matlar bergan, ularni sanab adog‘iga yeta olmaymiz. Shubhasiz, ular ichida eng qimmatli va muhimlaridan biri – hayot, tiriklik ne’matidir. Chunki bu ne’mat inson qolgan ne’matlarni qabul qilib olishiga sababchi bo‘ladi.Islom dinida ham o‘z joniga qasd qilish qattiq qoralanadi. O‘smirlik davrida yigit-qizlarning qarovsiz qolishi, turli nobop yo‘llarga kirishi, yomonlar bilan do‘st tutinishi, mast qiluvchi ichimliklar va giyohvand moddalarga berilib qolishi ham o‘z joniga qasd qilishning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda onlayn qimor o‘yiniga berilib, qarzga botib, qarzni qutula olmay o‘z joniga qasd qilish holatlari uchrab turibdi. Afsuski, bekorchilik va ota-onalarning e’tiborsizligi sababli ba’zi yoshlarimiz bu “to‘r”larga tushib qolmoqdalar.Eng avallo, yoshlarimizni bunday noxush holatlarda asrash uchun ularni doimo nazorat qilib turish kerak. Atrofida kimlar bor, kimlar bilan do‘st bo‘lgan, telefonida nimalar bilan mashg‘ul. Ota-onalar farzandining telefonini muntazam ravishda nazorat qilishi lozim, deydi “Xilol” jome masjidi imom noibi Saidmuhammadqori Maydinxonov.
Tadbir davomida mas’ullar tomonidan onlayn firibgarliklarning kelib chiqish sabablari hamda ularning tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida batafsil tushunchalar berildi.
Mutaxassislar fuqarolarni doimiy ravishda ogoh va hushyor bo‘lishga chaqirdilar. Ayniqsa, bankomatlardan pul yechayotgan vaqtda begona shaxslarning “kartamga pul o‘tkazib bering” yoki “naqdlashtirishga yordam bering” mazmunidagi so‘rovlari ortida ham yashirin firibgarlik sxemalari bo‘lishi mumkinligi alohida ta’kidlandi. Bunday holatlarda begonalarning shubhali iltimoslarini bajarishdan tiyilish va shaxsiy hamda karta ma’lumotlarini sir saqlash zarurligi uqtirildi.
Shuningdek, tadbirda jinoyatchilikning oldini olish, har qanday huquqbuzarliklargi jazo muqararrligi ta’kidlandi.
Bu kabi tadbirlar kombinat tarkibiy bo‘linmalarida davom etadi.

Nosir Abduraximov,
MEZ Yoshlar ittifoqi raisi

10/07/2026

⚠️ Hurmatli fuqarolar!

+988 kodi bilan boshlanuvchi raqamlardan qo'ng'iroq qilib, o'zini davlat organi yoki bank xodimi sifatida tanishtirayotgan shaxslarga ishonmang!

🚫 Bank kartasi ma'lumotlari, SMS-kod va parollarni hech kimga aytmang.

📵 Shubhali qo'ng'iroq bo'lsa, suhbatni darhol yakunlang.

🛡 Hushyor bo'ling, o'zingiz va yaqinlaringizni kiberfiribgarlardan asrang!

OKMKda yoshlarning innovatsion taklif va g‘oyalari doim qo‘llab-quvvatlanadiJoriy yilning 9-iyul kuni Sanoat temir yo‘l ...
10/07/2026

OKMKda yoshlarning innovatsion taklif va g‘oyalari doim qo‘llab-quvvatlanadi

Joriy yilning 9-iyul kuni Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasida “Kombinatimizda operatsion samaradorlikni oshirish hamda yoshlar tomonidan ilgari surilayotgan tashabbus va takliflarni ko‘rib chiqish, ularni amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish”mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Feruza Xamidova hamda “Olmaliq KMK“ AJ boshqaruv raisining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Bexzod Mamatov hamda kombinat tarkibiy bo‘linimalari rahbarlari, mutaxassislar hamda faol yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir mas’ullar kombinatda mahsulot tannarxini tushirish, operatsion samaradorlikni yana-da oshirish, energoresurslarni tejash, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish hamda yoshlarning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan kombinat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalar, innovatsion g‘oyalar va amaliy takliflar taqdim etildi. Mutaxassislar tomonidan har bir taklif atroflicha muhokama qilinib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar hamda zarur ko‘maklar berildi.
Tadbir yakunidi OKMK yoshlari ishtirokida alohida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mas’ullar bilan har bir yosh mutaxassis o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazilib, ular tomonidan taqdim etilgan innovasion g‘oya va loyihalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Kombinat mutaxassislari tomonidan taklif etilgan innovatsion ishlanmalarning mavjud kamchiliklari yuzasidan amaliy tavsiyalar berilib, ularni yana-da takomillashtirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi. Yoshlarning tashabbuslari yuqori baholanib, ularni kelgusida yana-da faol bo‘lishga, yangi innovatsion g‘oyalarni ilgari surishga va kombinat rivojiga munosib hissa qo‘shishga undaydigan motivastion muloqot o‘tkazildi.
Mazkur anjuman yoshlarning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion yechimlarni ishlab chiqarishga keng joriy etish va kombinatning operasion samaradorligini yana-da yuksaltirish yo‘lida muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.
Ma’lumot o‘rnida: Ayni paytda kombinatda energoresurslarni tejash bo‘yicha 6 ta yo‘nalishda loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘tgan davr mobaynida OKMKda texnologiya, energetika, mexanika, raqamlashtirish, transport va logistika, metallurgiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha jami 132 ta loyiha taklifi amalga oshirildi. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida korxonada yillik hisobda 457,3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ iqtisod qilinadi. Shuningdek, 71 mln kVt/soat elektr energiyasi, 276 ming kub metr tabiiy gaz hamda 13 mln kub metr texnik suv sarfining tejamkorligiga erishildi. Bu ko‘rsatkichlar mahsulot tannarxini pasaytirishning ishonchli va kafolatlangan omillaridan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari, shu kunga qadar 62 ta loyiha to‘liq amalga oshirilib, o‘zining yuqori iqtisodiy samarasini namoyon etdi. Mazkur loyihalar hisobiga qariyb 93,3 mlrd so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi.

Axborot xizmati

-----------------------
Идеи молодых специалистов работают на эффективность производства

9 июля текущего года в управлении промышленного железнодорожного транспорта состоялось мероприятие, посвящённое вопросам повышения операционной эффективности комбината, а также рассмотрению инициатив и предложений молодых специалистов с целью их дальнейшего внедрения в производственную деятельность.
В мероприятии приняли участие первый заместитель Министра горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан Феруза Хамидова, первый заместитель председателя правления АО «Алмалыкский ГМК» по финансовым вопросам, трансформации и приватизации Бехзод Маматов, руководители структурных подразделений комбината, специалисты и активная молодёжь.
Участники обсудили пути снижения себестоимости продукции, дальнейшего повышения операционной эффективности, рационального использования энергоресурсов, совершенствования производственных процессов, а также механизмы поддержки инновационных идей и инициатив молодых работников.
В ходе встречи молодые специалисты представили научные разработки, инновационные проекты и практические предложения, направленные на повышение эффективности деятельности комбината. Каждая инициатива была детально рассмотрена экспертами, которые дали практические рекомендации по её совершенствованию и возможному внедрению в производство, а также выразили готовность оказать необходимую поддержку.
После основной части мероприятия состоялась отдельная встреча с молодёжью АГМК. В формате открытого диалога молодые специалисты получили возможность напрямую обсудить свои идеи и проекты с руководством и профильными экспертами.
Представленные разработки были всесторонне проанализированы. Специалисты указали на возможные направления их доработки и поделились практическими рекомендациями, которые помогут повысить эффективность предлагаемых решений. Инициативность молодых работников получила высокую оценку, а сама встреча стала дополнительным стимулом для дальнейшей разработки новых проектов и активного участия молодёжи в развитии предприятия.
Подобные мероприятия становятся важной площадкой для поддержки интеллектуального потенциала молодых специалистов, внедрения инновационных решений в производство и дальнейшего повышения операционной эффективности комбината.
Для справки: в настоящее время на АГМК реализуются проекты по энергосбережению по шести ключевым направлениям. За прошедший период на предприятии внедрено 132 проекта в сферах технологий, энергетики, механики, цифровизации, транспорта и логистики, а также металлургии. Их реализация позволит ежегодно экономить свыше 457,3 млрд сумов, а также сокращать потребление 71 млн кВт/ч электроэнергии, 276 тыс. кубометров природного газа и 13 млн кубометров технической воды. Эти результаты являются одним из ключевых факторов снижения себестоимости выпускаемой продукции.
Кроме того, 62 проекта уже полностью реализованы и подтвердили свою высокую экономическую эффективность. Благодаря их внедрению предприятию удалось дополнительно сэкономить около 93,3 млрд сумов.

Информационная служба

 🏙 Olmaliq — Toshkent viloyatidagi yirik sanoat shahri va O‘zbekistonning rangli metallurgiya markazi bo‘lib, unga 1951-...
10/07/2026



🏙 Olmaliq — Toshkent viloyatidagi yirik sanoat shahri va O‘zbekistonning rangli metallurgiya markazi bo‘lib, unga 1951-yil 10-iyulda asos solingan.

Shahar nomi bu yerda ilgari mavjud bo‘lgan va olmazorlari bilan tanilgan qadimiy Olmaliq qishlog‘i nomidan kelib chiqqan.

Quyida shaharning qadimgi davrlardan to bugungi kungacha bo‘lgan rivojlanish tarixi qisqa va lo‘nda taqdim etiladi:

Qadimgi va o‘rta asrlar davri (Iloq davlati)
Qadimiy konchilik: Olmaliq joylashgan Ohangaron vohasi (tarixiy Iloq viloyati) qadimdan mahalliy aholi tomonidan ma’dan qazib olinadigan hudud bo‘lgan.

Pul zarb qilinishi: VI–XI asrlarda bu hududda kumush, oltin, mis va qo‘rg‘oshin konlari faol ishlatilgan hamda o‘z tangalari zarb qilingan.

Tanazzul davri: Mo‘g‘ullar bosqini va ichki urushlar natijasida Iloq shaharlari va konchilik madaniyati asrlar davomida vayron bo‘lib, hudud kichik qishloqlarga aylanib qolgan.

Sovet davri va shaharning tashkil topishi (XX asr)
Geologik kashfiyotlar: 1920–1930-yillarda hududda yirik rangli va qimmatbaho metall zaxiralari qayta aniqlandi.

Kombinat qurilishi: 1949-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) qurilishi boshlandi va u hududning asosiy hayot manbaiga aylandi.

Shahar maqomi: 1951-yilda ishchilar shaharchasi rasman shahar maqomini oldi.

Aholi ko‘chib kelishi: Korxonalar va yangi uylarni qurish uchun sobiq Ittifoqning turli burchaklaridan yuzlab muhandislar, konchilar va quruvchilar kelib joylashdi.

(Fotolar gorod_almalik kanali va internet manbaalaridan olindi)
———


🏙 Алмалык – один из крупнейших промышленных городов Ташкентской области и центр цветной металлургии Узбекистана. Город был основан 10 июля 1951 года. Свое название он унаследовал от древнего посёлка Алмалык, который когда-то находился на этом месте и был известен своими яблоневыми садами.

Ниже – краткая история становления и развития города от древности до наших дней.

Древность и Средневековье (государство Илак)
Древнее горное дело. Территория современного Алмалыка, расположенная в Ахангаранской долине (историческая область Илак), с древнейших времен была одним из центров добычи полезных ископаемых.

Развитие металлургии и чеканка монет. В VI–XI веках здесь активно разрабатывались месторождения серебра, золота, меди и свинца. Высокий уровень развития ремесла позволял чеканить собственные монеты.

Период упадка. После монгольского нашествия и продолжительных междоусобных войн города Илака и развитая горнодобывающая культура были разрушены, а некогда процветающий регион на долгие века превратился в сеть небольших поселений.

Советский период и рождение города (XX век)
Новые геологические открытия. В 1920–1930-х годах геологи вновь подтвердили наличие в регионе крупных запасов руд цветных и драгоценных металлов.

Строительство комбината. В 1949 году началось возведение Алмалыкского горно-металлургического комбината, который впоследствии стал градообразующим предприятием и главным двигателем развития региона.

Получение статуса города. 10 июля 1951 года рабочий посёлок официально получил статус города.

Формирование Алмалыка. Для строительства комбината, промышленных предприятий и жилых кварталов сюда съезжались инженеры, горняки, металлурги и строители из разных республик Советского Союза, заложив основу будущего промышленного центра.

(Фотографии предоставлены Telegram-каналом gorod_almalik и взяты из открытых интернет-источников.)

Yevropa Ittifoqi tajribasini o‘rganish yo‘lida muhim qadam 💠Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va g...
10/07/2026

Yevropa Ittifoqi tajribasini o‘rganish yo‘lida muhim qadam

💠Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda tizim korxonalari, jumladan, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJva “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ delegatsiyasi tarkibidagi xotin-qizlar va gender tengligi bo‘yicha maslahat kengashlari raislari ishtirokida Chexiya Respublikasining Praga shahrida o‘quv-amaliy tajriba almashish dasturi davom etmoqda.

Dastur doirasida delegatsiya Yevroparlamentning Pragadagi axborot ofisigatashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida Yevropa Ittifoqining shakllanish tarixi, uning institusional tizimi, asosiy faoliyat yo‘nalishlari, a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari, iqtisodiy va siyosiy integratsiya jarayonlari hamda demokratik boshqaruv tamoyillari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ rahbariyati nomidanYEvropa parlamentining Pragadagi axborot ofisi mas’ullariga milliy qadriyatlarimizni ifoda etuvchi esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur tashrif O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilganining yana bir amaliy ifodasidir. Keyingi yillarda davlatimiz rahbarining Yevropa Ittifoqi institutlari bilan olib borayotgan ochiq va konstruktiv muloqotlari, yuqori darajadagi uchrashuvlar hamda sammitlardagi ishtiroki o‘zaro hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Bugungi o‘quv-amaliy dasturda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ vakillarining faol ishtiroki, xotin-qizlar sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganishi va uni milliy amaliyotga tatbiq etishga intilishi Yangi O‘zbekistonda inson kapitali, gender tengligi va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning amaliy samarasidir.

———
Важный шаг на пути к изучению опыта Европейского союза

💠В эти дни в Праге (Чешская Республика) продолжается учебно-практическая программа по обмену опытом, в которой принимают участие председатели консультативных советов по вопросам женщин и гендерного равенства Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан, а также предприятий отрасли, включая АО «Алмалыкский горно-металлургический комбинат» и АО «Навоийский горно-металлургический комбинат».

В рамках программы делегация посетила Информационный офис Европейского парламента в Праге. Участники ознакомились с историей создания Европейского союза, его институциональной структурой, основными направлениями деятельности, механизмами взаимодействия государств-членов, особенностями экономической и политической интеграции, а также принципами демократического управления.

По завершении встречи представителям Информационного офиса Европейского парламента в Праге от имени руководства АО «Алмалыкский ГМК» были вручены памятные подарки, отражающие национальные традиции и культуру Узбекистана.

Этот визит стал ещё одним практическим подтверждением поступательного развития сотрудничества между Узбекистаном и Европейским союзом. В последние годы открытый и конструктивный диалог руководства нашей страны с институтами ЕС, встречи на высоком уровне и участие в международных саммитах способствуют дальнейшему укреплению взаимного партнёрства.

Активное участие представителей АО «Алмалыкский ГМК» в учебно-практической программе, изучение передового международного опыта в сфере поддержки женщин и обеспечения гендерного равенства, а также стремление внедрять лучшие зарубежные практики в национальную систему являются наглядным результатом проводимых в Новом Узбекистане реформ, направленных на развитие человеческого капитала, укрепление принципов гендерного равенства и расширение международного сотрудничества.

Address

O'zbekiston, Toshkent Viloyati, Olmaliq Shahri, A. Temur Ko'chasi, 53
Olmaliq
110100

Opening Hours

Monday 08:00 - 17:00
Tuesday 08:00 - 17:00
Wednesday 08:00 - 17:00
Thursday 08:00 - 17:00
Friday 08:00 - 17:00

Telephone

+998706192333

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati:

Shortcuts

Share