Maroqand neft bazasi MCHJ

Call Directions Website Contact the business

Maroqand neft bazasi MCHJ "O'ZBEKNEFTEGAZ" AJ, "MAROQAND NEFT BAZASI" MCHJ

31/08/2026
🇺🇿  Mustaqilligimizning 35 yilligi va Neft va gaz sohasi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri.."Maroqand neft ...
28/08/2026

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi va Neft va gaz sohasi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri..

"Maroqand neft bazasi" MCHJda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda "Neft va gaz sohasi xodimlari" kuni munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

🎉 Tadbir davomida korxonada ko‘p yillar davomida fidokorona mehnat qilib kelayotgan, o‘zining samarali faoliyati va munosib hissasi bilan jamoa rivojiga hissa qo‘shayotgan xodimlar hamda ayol xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bayram tadbirining eng samimiy lahzalaridan biri - jamoaning bir dasturxon atrofida jam bo‘lib, bayram shukuhini birgalikda baham ko‘rganidir. To‘kin dasturxon, samimiy suhbatlar, iliq tilaklar va ko‘tarinki kayfiyat bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

✨ Tadbir barchaga unutilmas taassurotlar, yaxshi kayfiyat va bayramona ruh ulashdi.

🇺🇿 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

"Maroqand neft bazasi" MCHJ jamoasi barchani bayram bilan muborakbod etadi!

“Мароқанд нефт базаси” МЧЖ жамияти директори C. Юнусов ташаббуси билан 9 май – Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан ф...
09/05/2026

“Мароқанд нефт базаси” МЧЖ жамияти директори C. Юнусов ташаббуси билан 9 май – Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан фахрийларни эъзозлаш ва қўллаб-қувватлашга қаратилган эзгу анъаналар давом эттирилди.

Жамиятда кўп йиллар самарали меҳнат қилиб, бугунги кунда нафақада бўлган бир гуруҳ фахрийларнинг юрт тинчлиги, халқ фаровонлиги ва мамлакат тараққиёти йўлидаги муносиб хизматлари алоҳида эътироф этилди ҳамда уларга чуқур ҳурмат ва эҳтиром кўрсатилди.

6-март куни "Мароқанд нефт базаси" МЧЖ да "8-март Халқаро хотин-қизлар" куни муносабати билан корхонада  меҳнат қилиб ке...
07/03/2026

6-март куни "Мароқанд нефт базаси" МЧЖ да "8-март Халқаро хотин-қизлар" куни муносабати билан корхонада меҳнат қилиб келаётган бир қатор хотин қизларни табриклаш маросими бўлиб ўтди. 8-Март халқаро хотин-қизлар куни муборак бўлсин.

Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasining elektron platformasi orqali tashkil etilgan maxsus (chuqurlashtiri...
25/12/2025

Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasining elektron platformasi orqali tashkil etilgan maxsus (chuqurlashtirilgan) o‘quv kurslarida Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xodimlarining bevosita ishtirokida “Maroqand neft bazasi” MCHJning jami 27 nafar boshqaruv xodimlari tahsil oldi. Jumladan, 5 nafar rahbar xodim “Davlat xizmatida halollikni ta’minlash” mavzusidagi o‘quv kursida, 22 nafar mutaxassis esa “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish” yo‘nalishidagi o‘quv kursida ishtirok etdi.

"Maroqand neft bazasi" MCHJda 9 -dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan "Ochiq eshiklar ku...
15/12/2025

"Maroqand neft bazasi" MCHJda 9 -dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi.
Ochiq eshiklar kuni doirasida korxonamiz Maroqand neft bazasi" MCHJ Marketing va sotish ishlari buyicha direktor o’rinbosari Sh.A.Asrorov xamda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani IIB xodimi kapitan J.Fayziev va jamiyat yuridik bulimi boshlig‘I F.Xujakulovlar qatnashib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi amaldagi qonunchilik, profilaktika choralari, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish ahamiyati haqida ma’ruza qilishdi.

Address

Самарканд вилояти, Пастдаргом тумани, Баккол МФЙ
Samarkand

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998662404060

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Maroqand neft bazasi MCHJ posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Maroqand neft bazasi MCHJ:

Shortcuts

Share