AI RI

AI RI Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti

“Biz o’qigan kitoblar” mavzusida davra suhbati o’tkazildiBugun Institut yoshlari ishtorkida “Biz o’qigan kitoblar” mavzu...
09/07/2026

“Biz o’qigan kitoblar” mavzusida davra suhbati o’tkazildi

Bugun Institut yoshlari ishtorkida “Biz o’qigan kitoblar” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Tadbirda institut xodimlari sevib mutolaa qilgan kitoblari haqida o’z taasurotlari bilan o’rtoqlashdi. O’zbek va jahon adabiyoti namoyandalari asarlarining syujeti va qahramonlar hayoti yuzasidan bahs-munozaralar olib borildi. Xususan, kitob mutolaasi ma’naviy ozuqa manbayi, vaqtni mazmunli tashkil etishda beminnat hamroh ekanligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbir davomida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi foydali kitoblar ham keng muhokama qilindi.

Institutda sun’iy intellekt texnologiyalarini Sirdaryo viloyatida keng joriy etish masalalariga bag’ishlangan uchrashuv ...
03/07/2026

Institutda sun’iy intellekt texnologiyalarini Sirdaryo viloyatida keng joriy etish masalalariga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi

Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida Sirdaryo viloyati hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hududiy boshqarmasi rahbari, Yangiyer shahri hamda Mirzaobod tumani hokimlarining sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchilari va viloyat hokimligi vakillari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida viloyatda sun’iy intellekt texnologiyalari imkoniyatlarini amaliyotga joriy etish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish hamda davlat boshqaruvida zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida hamkorlikning quyidagi uchta ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi:
➡️ qishloq xo‘jaligi sohasida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish;
➡️ko‘p qavatli uy-joylarni ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimidagi nasoslar faoliyatini sun’iy intellekt asosida boshqarish va monitoring qilish tizimini ishlab chiqish;
➡️hokimlikning axborot-tahlil xizmati faoliyatiga sun’iy intellekt yechimlarini tatbiq etish orqali ish samaradorligini oshirish.

Muzokaralar yakunida tomonlar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Sog‘lom jamiyat — barqaror kelajak garoviKuni kecha poytaxtimizda joylashgan Huquqni muhofaza qilish akademiyasida "26-i...
25/06/2026

Sog‘lom jamiyat — barqaror kelajak garovi

Kuni kecha poytaxtimizda joylashgan Huquqni muhofaza qilish akademiyasida "26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni" munosabati bilan “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Institut direktori A.Kadirov "Raqamli muhit va ijtimoiy tarmoqlar orqali giyohvandlikka qarshi ogohlantirish: imkoniyat va xatarlar" mavzusida ma'ruza bilan ishtirok etdi.

Muloqotda sintetik narkotiklarning tarqalishi, ularning internet va boshqa raqamli platformalar orqali noqonuniy muomalaga kiritilishi yoshlar uchun jiddiy xavf ekanligi qayd etildi. Shu munosabat bilan profilaktika, erta ogohlantirish, huquqiy targ‘ibot va yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Konferensiya yakunlari giyohvandlikka qarshi kurashishni faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar vazifasi sifatida emas, balki davlat, oila, ta’lim muassasasi, mahalla va yoshlarning umumiy mas’uliyati sifatida anglash zarurligini yana bir bor tasdiqladi.

Biz sog‘lom va xavfsiz kelajak tarafdorimiz!Narkotik moddalar - hayot va kelajak uchun jiddiy tahdid. Ularga qarshi birg...
24/06/2026

Biz sog‘lom va xavfsiz kelajak tarafdorimiz!

Narkotik moddalar - hayot va kelajak uchun jiddiy tahdid. Ularga qarshi birgalikda kurashaylik.

Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt sohasida istiqbolli hamkorlik aloqalari o'rnatilmoqda Raqamli texnologiyalar...
21/06/2026

Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt sohasida istiqbolli hamkorlik aloqalari o'rnatilmoqda

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat tomonlar o‘rtasida raqamli transformatsiya, axborotlashtirish, sun’iy intellekt va ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy etish sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Memorandum doirasida davlat boshqaruvi va iqtisodiyot tarmoqlarini raqamli transformatsiya qilish, sun’iy intellekt texnologiyalari asosida boshqaruv hamda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtiruvchi dasturiy yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, memorandum qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tajriba va bilim almashish, mutaxassislar uchun o‘quv tadbirlarini tashkil etish hamda konferensiya, forum va seminarlar tashkil etish masalalarini qamrab oladi.

"Koreya Respublikasi va Oʻzbekiston: Muloqotdan amaliy harakatga - yangi davr strategik sherikchiligi” forumi bo'lib o't...
18/06/2026

"Koreya Respublikasi va Oʻzbekiston: Muloqotdan amaliy harakatga - yangi davr strategik sherikchiligi” forumi bo'lib o'tdi

Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori A.Kadirov Koreya Respublikasining Seul shahrida bo'lib o'tgan "Koreya Respublikasi va Oʻzbekiston: Muloqotdan amaliy harakatga - yangi davr strategik sherikchiligi” forumida "Oʻzbekiston bilan AT va sunʼiy intellekt sohasidagi yuqori texnologik hamkorlikning yangi ufqlari " mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

Mazkur forum Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish, davlat boshqaruvi, ilmiy-tadqiqot, innovatsiyalar, raqamli transformatsiya va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yoʻnalishlarida amaliy hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirishga bagʻishlandi. Tadbir davomida ekspertlar va mutaxassislar tomonidan zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, ilmiy-analitik salohiyatni oshirish, texnologik rivojlanish hamda tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, muassasa rahbari Koreya Respublikasining Iqtisodiyot, gumanitar va ijtimoiy fanlar bo‘yicha Milliy tadqiqotlar kengashi (NRC) vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ilmiy-tadqiqot sohasida institutsional hamkorlikni rivojlantirish, raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ekspertlar almashinuvi, qo'shma tadqiqotlar olib borish hamda ilmiy salohiyatni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqdaAmaliy tashrif bilan Koreya respublikasida bo'lib turgan Raqamli texnologiyalar v...
17/06/2026

Xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Amaliy tashrif bilan Koreya respublikasida bo'lib turgan Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori A.Kadirov sun’iy intellekt ishlab chiquvchi tadqiqotchilar uchun platformalar yaratuvchi Mondrian AI kompaniyasining Biznesni rivojlantirish rahbari Park Hyunkyu va bulutli xizmatlar rahbari Go Youngmin hamda Yetakchi dasturiy ta’minot muhandisi Yuldoshev Makhmud bilan uchrashuv o'tkazdi. Mondrian AI kompaniyasi vakillari bilan ilmiy izlanuvchilar faoliyatiga kompaniyaning Yennefer va Runyour.ai platformalarini joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Xizmat safarining ikkinchi kunida sun’iy intellektga asoslangan mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash sohasidagi yetakchi Wisestone kompaniyasi bosh direktori In Suk Kim va Global biznesni rivojlantirish rahbari Mike Kim bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda Wisestone kompaniyasi bilan sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish, SI asosidagi mahsulot va xizmatlarning sifati hamda ishonchliligini baholash, ularni xalqaro standartlar asosida sertifikatlashtirish, istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Wisestone kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish nazarda tutilgan:
- xalqaro bozor talablari asosida istiqbolli biznes va texnologik loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
- sun’iy intellektga asoslangan mahsulot va xizmatlarni baholash va sertifikatlashtirish bo‘yicha tajriba almashish;
- biznesni rivojlantirish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonida inson resurslari, ekspert salohiyati va bilim bazalaridan o‘zaro foydalanish;
- qo‘shma tadqiqotlar, innovatsion tashabbuslar va texnologik yechimlarni ishlab chiqish.

Mazkur memorandum mamlakatimizda sun'iy intellekt mahsulotlari va xizmatlarining sifatini oshirish hamda qo'shimcha yangi imkoniytlar yaratishga xizmat qiladi.

“Mukammal trening” loyihasiga start berildiBugun Toshkent shahridagi INHA universiteti hamda Raqamli texnologiyalar va s...
02/06/2026

“Mukammal trening” loyihasiga start berildi

Bugun Toshkent shahridagi INHA universiteti hamda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan “Mukammal trening” loyihasiga start berildi.

Mazkur loyiha “Ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv muassasalari professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish, o‘qitishning zamonaviy uslublariga e’tibor qaratish, o‘quv jarayonini raqamlashtirish hamda ilg‘or ilmiy yondashuvlarni joriy etish” maqsadida tashkil etilmoqda.

Loyiha doirasida ishtirokchilarning sun’iy intellekt sohasiga oid zamonaviy bilimlarini mustahkamlash, ularni ilg‘or xalqaro tajribalar bilan tanishtirish, ta’lim hamda ilmiy faoliyatda sun’iy intellektga asoslangan yondashuv va vositalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.

Ushbu tashabbus ilm-fan sohasida raqamli transformatsiyani jadallashtirish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini amaliy jarayonlarga tatbiq etishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

“Mukammal trening” - zamonaviy bilim, amaliy ko‘nikma va innovatsion tafakkur sari muhim qadamdir.

Diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdiRaqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instit...
22/05/2026

Diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi

Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining faollar zalida 05.01.03 - “Informatikaning nazariy asoslari” ixtisosligi bo‘yicha Nabiyeva Sevara hamda Axmedjanova Zarrinaga Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) diplomi topshirildi.

Ma'lumot o'rnida, Nabiyeva Sevara “Noravshan mantiqqa asoslangan tibbiy tashxislash modeli va algoritmlari (bolalarda surunkali tonzilit kasalligi misolida)” hamda Axmedjanova Zarrina “Evolyutsion gibrid qidiruv asosida transport logistikasi axborot tizimi ma’lumotlarning o’zaro ta’sir modellari va algoritmlari” mavzusidagi ilmiy tadqiqotini muvaffaqiyatli himoya qilib, Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga ega bo'ldi.

Samarqandda “M360 Eurasia 2026” xalqaro forumi bo'lib o’tdiTadbir Yevrosiyo mintaqasidagi telekommunikatsiya, AT va raqa...
22/05/2026

Samarqandda “M360 Eurasia 2026” xalqaro forumi bo'lib o’tdi

Tadbir Yevrosiyo mintaqasidagi telekommunikatsiya, AT va raqamli texnologiyalar sohasining yetakchi vakillari, xalqaro ekspertlar, investorlar hamda davlat tashkilotlari rahbarlarini bir maydonda jamladi.

Forumda Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining AKT startaplarini qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i Toxirova Maftuna "AI & Edge Intelligence: Milliy SI strategiyalaridan aqlli sanoat natijalarigacha” mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirda SI texnologiyalarining mobil telekommunikatsiya sohasida qo‘llanilishi, jumladan tarmoqlarni avtomatlashtirish, SI yechimlari orqali texnik nosozliklarni oldindan aniqlash va xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Address

Мирзо Улугбекский район, Массив Буз-2, 17А
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712634198

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when AI RI posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to AI RI:

Shortcuts

Share