18/05/2026
👩👩👦 Oila — jamiyat tayanchi va mehr-muhabbat maskani
15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Hududgazta’minot” AJ markaziy apparati hamda Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi hamkorligida xodimlar va ularning farzandlari uchun “Quvnoq bolalik — baxtli kelajak” nomli bayram tadbiri tashkil etildi. 🎈✨
🎭 Tadbir davomida bolajonlar uchun qiziqarli o‘yinlar, shou dasturlar, kuy-qo‘shiqlar hamda turli tanlovlar uyushtirilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi. 😊🎶
🏢 Ayniqsa, bolalar uchun Jamiyat markaziy apparati bo‘ylab qiziqarli ekskursiya tashkil etildi. Unda ular ota-onalarining mehnat faoliyati, ish jarayonlari hamda sohada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu esa farzandlarda ota-onalari kasbiga bo‘lgan qiziqish va faxr tuyg‘usini yanada oshirdi.
🤝 Mazkur tadbir oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xodimlar farzandlariga quvonch ulashish hamda jamoadagi mehr-oqibat muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.