08/02/2024
Farzandingizni IT yunalishida mutaxasis bulishini xoxlaysizmi ? Unda bu taklif aynan siz uchun👍
Ushbu loyihamizda siz 6 oy(haftada 6 kun va kuniga 6-8 soatdan) intensiv amaliyot o'taysiz. Amaliyotnii online yoki offline olib borishingiz mumkin. Biroq, online darslarda o'zingiz faol bo'lmasangiz, ishga kirish imkoniyatingiz juda kamayadi va ko’nikmalarni o’rganish vaqtingiz 6 oyga emas, 8 oydan 1 yilgacha cho’zilishi mumkin. Shuning uchun, offline darslar ancha samaraliroq.
Amaliyot davomida mentor(Senior)lar sizga faqat yo'l-yo'riq ko'rsatishadi va qiyin masalalarni yechishingizda yordam berishadi, qolgan vaqt asosan o'z ustingizda ishlaysiz, bunda Google sizga eng yaxshi ustoz bo’ladi.
Amaliyotdan siz nimalarni olasiz?
1. Bizning shinam va zamonaviy ofisimizda do'stona jamoa bilan birga ishlash imkoniyati;
2. Haqiqiy tijorat loyihalarida shaxsan ishtirok etish imkoniyati;
3. Proffessional jamoa: Veb-dizayner, Front-end dasturchi, Back-end dasturchi, DevOps ingineri, Loyiha menejeri va Product menejeri bilan birgalikda ishlash imkoniyati.
4. Sizdan ko'ra ko'proq tajribaga ega dasturchilar bilan ishlash;
5. Portfolioingizni real va tijoriy loyihalar bilan to’ldirish imkoniyati;
6. Muvaffaqiyatli amaliyotdan so‘ng shartnoma asosida ishga joylashish imkoniyati;
6. Agar ingliz tilini yaxshi bilsangiz, Yevropa kompaniyalarida ishga joylashish imkoniyati;
7. Boshqa joyga ishga kirmoqchi bo'lsangiz, bizning kompaniyamiz tomonidan ishonchli tavsiyanoma;
Amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlab, ishga kirganingizdan so'ng har oylik ish haqqingizdan 15 foizini to'lov sifatida bizga o'tkazib borishingiz mumkin. Ushbu shartnomada sizga ikki inson kafillik qilishi kerak. Ular ota-onangiz yoki yaqin qarindoshingiz bo’lishi mumkin.
Agar taklifimiz sizda qiziqish uyg'otgan bo'lsa, biz ham muloqotni davom ettirishdan va tafsilotlarni muhokama qilishdan mamnun bo'lamiz.