Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti

Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti "Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti" davlat muassasasi

Yaponiyaning Gifu universiteti bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqdaJoriy yilning 8-iyul kuni "Gidrogeologiya va injener...
09/07/2026

Yaponiyaning Gifu universiteti bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Joriy yilning 8-iyul kuni "Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti" davlat muassasasi vakillari hamda Yaponiyaning Gifu University professori Takeo Onishi ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yer osti suvlari modellashtirishning zamonaviy usullari, ushbu jarayonda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda yer osti suvlari resurslarini barqaror boshqarish yo‘nalishlarida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar mazkur yo‘nalishlarda qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, tajriba almashish va istiqboldagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha fikr almashdilar.

🇯🇵 Yaponiyaning Gifu universiteti bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqdaJoriy yilning 8-iyul kuni "Gidrogeologiya va inje...
09/07/2026

🇯🇵 Yaponiyaning Gifu universiteti bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Joriy yilning 8-iyul kuni "Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti" davlat muassasasi vakillari hamda Yaponiyaning Gifu University professori Takeo Onishi ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yer osti suvlari modellashtirishning zamonaviy usullari, ushbu jarayonda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda yer osti suvlari resurslarini barqaror boshqarish yo‘nalishlarida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar mazkur yo‘nalishlarda qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, tajriba almashish va istiqboldagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha fikr almashdilar.

🎓 M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti  qo‘shma ta’lim dasturining ilk bitiruvchilariga magistirlik  diplo...
01/07/2026

🎓 M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti qo‘shma ta’lim dasturining ilk bitiruvchilariga magistirlik diplomi topshirildi.

Geologiya fanlari universiteti hamda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (QS xalqaro reytingida TOP-100 talikdan joy olgan nufuzli oliygoh) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim dasturining ilk bitiruvchilariga magistrlik diplomlari topshirildi.

Mazkur dastur doirasida tahsil olgan, “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” DM “Muhandislik geodinamikasi” laboratoriyasi gidrogeologi B. Dadajonov o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlab, magistrlik diplomiga ega bo‘ldi.

“Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” DM jamoasi B. Dadajonovni ushbu quvonchli va muhim yutuq bilan samimiy muborakbod etadi.

🏛Yoshlar kuni munosabati bilan  ichki turizm tashkil qilindi. 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan yosh xodimlarnin...
01/07/2026

🏛Yoshlar kuni munosabati bilan ichki turizm tashkil qilindi.

30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan yosh xodimlarning maʼnaviy-intellektual savodxonligini oshirish, ularda milliy oʻzlikni anglash va tarixiy xotiraga hurmat tuygʻusini shakllantirish maqsadida “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” DM yosh mutaxassislari uchun ichki turizm tashkil etildi.

Institut yoshlari Toshkent shahrida barpo etilgan O‘zbekiston xalqaro Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, milliy va ma’naviy merosimizni asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etishga qaratilgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.

⚖️ Huquqiy  ma’daniyat va "Korrupsiyaga qarshi kurashish" bo`yicha tadbir o`tkazildi. Joriy yilning 19-iyun kuni “Gidrog...
19/06/2026

⚖️ Huquqiy ma’daniyat va "Korrupsiyaga qarshi kurashish" bo`yicha tadbir o`tkazildi.

Joriy yilning 19-iyun kuni “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” DM xodimlarining huquqiy ongi, axloqiy madaniyati hamda korrupsiyaga qarshi murosasizlik ruhini yanada oshirish maqsadida "Huquqiy madaniyat", "Odob-axloq" va "Korruspiyaga qarshi kurashish" bo`yicha davra suhbati bo`lib o`tdi.

Tadbir davomida xodimlarga mehnat intizomi, ichki tartib-qoidalar, xizmat odobi hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu boradagi qonunchilik normalari hamda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati alohida ta’kidlab o‘tildi.

“Qon topshir – hayot in’om et!” xayriya aksiyasi o‘tkazildi. 14-iyun — Butunjahon donorlar kuni munosabati bilan 19-iyun...
19/06/2026

“Qon topshir – hayot in’om et!” xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

14-iyun — Butunjahon donorlar kuni munosabati bilan 19-iyun kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimida “Qon topshir – hayot in’om et!” xayriya aksiyasi tashkil etildi.

Mazkur ezgu tashabbusda “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” DM xodimlari ham faol ishtirok etdilar.

Qon topshirish — inson hayotini saqlab qolishga xizmat qiluvchi olijanob va beg‘araz yordamdir. Ushbu aksiya orqali xodimlarimiz bemorlar salomatligini tiklash va hayotini asrab qolishga qaratilgan ezgu ishga munosib hissa qo‘shdilar.

Fransiya geologiya xizmati (BRGM) vakili tomonidan seminar-trening o‘tkazilmoqda.Joriy yilning 16–18-iyun kunlari Fransi...
16/06/2026

Fransiya geologiya xizmati (BRGM) vakili tomonidan seminar-trening o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 16–18-iyun kunlari Fransiya geologiya xizmati - BRGM tadqiqotchisi Ivan Osorio-Leon tomonidan “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” DM xodimlari uchun maxsus seminar-trening tashkil etilmoqda.

Seminar doirasida zamonaviy gidrogeologiyaning dolzarb yo‘nalishlari, XXI asrda yer osti suvlarining strategik ahamiyati, “kritik zona” haqidagi ilmiy yondashuvlar, milliy bilimlar tizimini rivojlantirish masalalari hamda O‘zbekiston suv resurslarining istiqboldagi holati bilan bog‘liq muhim mavzular muhokama qilinmoqda.

Mazkur tadbir xalqaro ilmiy-texnik tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish, gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, soha mutaxassislarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi

🌍🗺 "Advanced course on satellite image acquisition and processing" mavzusidagi  xalqaro seminar-trening  muvaffaqiyatli ...
12/06/2026

🌍🗺 "Advanced course on satellite image acquisition and processing" mavzusidagi xalqaro seminar-trening muvaffaqiyatli yakunlandi.

KOICA tomonidan moliyalashtirilayotgan “Oʻzbekistonda foydali qazilmalar va geologik ofatlar uchun integratsiyalashgan boshqaruv tizimini yaratish” KOICA ODA loyihasi doirasida 2026-yil 8-12-iyun kunlari "Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti" DM xodimlari uchun o`tkazilgan seminar-trening o`z nixoyasiga yetdi.

Seminar Koreyaning geofanlar va minerallar instituti (KIGAM), "KIOST" va "Kangwon National University" mutaxassislari tomonidan o`tkazilgan bo`lib, institut xodimlarining "Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini olish va qayta ishlash" bo`yicha kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

🇵🇱 Polshaning Varshava universtieti vakili bilan uchrashuv bo`lib o`tdi."Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instit...
12/06/2026

🇵🇱 Polshaning Varshava universtieti vakili bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

"Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti" DM hamda Varshava universiteti o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida institut vakillari va Varshava universiteti Geologiya fakultetining "Gidrogeologiya va geofizika" kafedrasi ilmiy xodimi Shaminder Puri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida institutning yosh mutaxassislarini malakasini oshirish, doktorantura yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, xodimlar uchun qisqa muddatli stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, qo‘shma grant loyihalarini tayyorlash hamda ilmiy maqolalarni hamkorlikda nashr etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yanada kengaytirish va istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.

🌍🗺 "Basic geoscience data management system development" va “GIS DB Construction" mavzusidagi  xalqaro seminar-trening  ...
05/06/2026

🌍🗺 "Basic geoscience data management system development" va “GIS DB Construction" mavzusidagi xalqaro seminar-trening muvaffaqiyatli yakunlandi.

KOICA tomonidan moliyalashtirilayotgan “Oʻzbekistonda foydali qazilmalar va geologik ofatlar uchun integratsiyalashgan boshqaruv tizimini yaratish” KOICA ODA loyihasi doirasida 2026-yil 1-5-iyun kunlari "Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti" DM xodimlari uchun o`tkazilgan seminar-trening o`z nixoyasiga yetdi.

Seminar Koreyaning geofanlar va minerallar instituti (KIGAM), "KIOST" va "Kangwon National University" mutaxassislari tomonidan o`tkazilgan bo`lib, institut xodimlarining "GIS geoma’lumotlar bazasini shakllantirish" va "Geologiya sohasiga oid asosiy ma’lumotlarni boshqarish tizimini yaratish va rivojlantirish" bo`yicha kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Address

Olimlar/64
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712091084

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti:

Shortcuts

Share