15/05/2026
🇺🇿🇰🇬O‘zbekiston va Qirg‘iziston yosh parlamentarlari forumi bo‘lib o‘tdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Yoshlar — umumiy taraqqiyot va tinchlik sari!” shiori ostida O‘zbekiston va Qirg‘iziston yosh parlamentariylarining birinchi forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ikki qardosh xalq yoshlarini yagona maqsad, yakdil g‘oya va umumiy kelajak sari birlashtirgan muhim muloqot maydoniga aylandi.
Forumda Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi ham ishtirok etdi. Fond direktori Bobur Bahromovich Farmanov o‘z nutqida O‘zbekiston va Qirg‘iziston yoshlari o‘rtasidagi hamkorlikni ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va jamoatchilik tashabbuslari orqali yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.
Tadbir davomida yoshlar parlamentlari faoliyati, parlament diplomatiyasi, qonunchilik tashabbuslari hamda mintaqaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Forum o‘zaro ishonch, do‘stlik va hamkorlik ruhini kuchaytirish, shuningdek, ikki mamlakat yoshlari uchun yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishda muhim qadam bo‘ldi.