21/01/2026
17-yanvar kuni Tashkent INDEX Universal bozorida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashkent Index Universal bozori hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan bozor ma’muriyati tashabbusi asosida muntazam muloqot va hamkorlik uchrashuvlari tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlarda 2026-yil davomida bozor infratuzilmasini rivojlantirish doirasida rejalashtirilgan loyihalar tadbirkorlarga batafsil taqdim etildi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati jarayonida uchrayotgan mavjud muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan amaliy taklif va yechimlar ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan samarali tashabbuslar inobatga olinib, bozor hududida qulayliklarni yanada oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
Mazkur muloqotlar o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Bildirilgan takliflar kelgusida Tashkent Index Universal bozori faoliyatini yanada takomillashtirish, tadbirkorlar uchun qulay ish muhitini yaratish hamda xizmatlar sifatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
🔸🔸🔸🔸
17 января состоялась очередная встреча с предпринимателями, работающими на территории рынка Tashkent INDEX.
По инициативе администрации рынка были организованы регулярные встречи по сотрудничеству с предпринимателями, работающими на территории рынка Tashkent INDEXl. На этих встречах предпринимателям подробно были представлены проекты, запланированные в рамках развития рыночной инфраструктуры в течение 2026 года.
Вместе с тем всесторонне обсуждены существующие проблемы, встречающиеся в процессе предпринимательской деятельности, рассмотрены практические предложения и пути их решения. С учетом эффективных инициатив, выдвинутых предпринимателями, состоялся обмен мнениями по дальнейшему улучшению условий на территории рынка.
Эти переговоры способствовали укреплению взаимного доверия и сотрудничества. Высказанные предложения направлены на дальнейшее совершенствование деятельности рынка Tashkent INDEX.