Xorazm viloyat Qurilish bosh boshqarmasi

Xorazm viloyat Qurilish bosh boshqarmasi Xorazm viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi rasmiy sahifasi

“QURILISH NAZORATI” AXBOROT TIZIMI Tizim haqida:Qurilish obyektlarida davlat nazorati, buyurtmachi tashkilotlarning texn...
18/05/2022

“QURILISH NAZORATI” AXBOROT TIZIMI



Tizim haqida:

Qurilish obyektlarida davlat nazorati, buyurtmachi tashkilotlarning texnik nazorati, loyiha tashkilotlarining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotlarining ichki nazoratini elektron hujjat almashuvi orqali amalga oshirish tomonidan va nazorat ishlarini olib borishda aniqlangan barcha kamchiliklarni fotosuratlari bilan birgalikda tizimga onlayn ravishda kiritilishini, nazorat jarayonlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlar yagona bazada saqlanishini ta’minlashga mo‘ljallangan axborot tizimi.



Huquqiy asoslar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 20.09.2019 PQ-4464-son qarori

t.me/xorstroyuz

“e-auksion.uz” Электрон савдо платформасида Xоразм вилоятидан савдога чиқарилган ер участкалари (тадбиркорлик учун) била...
06/05/2022

“e-auksion.uz” Электрон савдо платформасида Xоразм вилоятидан савдога чиқарилган ер участкалари (тадбиркорлик учун) билан танишинг!

▪️Боғот туманида 37 та - (кўриш)
▪️Гурлан туманида 59 та - (кўриш)
▪️Қўшкўпир туманида 168 та -(кўриш)
▪️Урганч туманида 184 та -(кўриш)
▪️Хазорасп туманида 9 та -(кўриш)
▪️Хонқа туманида 12 та -(кўриш)
▪️Хива туманида 255 та -(кўриш)
▪️Шовот туманида 51 та -(кўриш)
▪️Янгиарик туманида 107 та -(кўриш)
▪️Янгибозор туманида 106 та -(кўриш)
▪️Урганч шаҳрида 1 та -(кўриш)

Ҳудудлардан тадбиркорлик қилиш учун ер участкаларини аукционга чиқариш бўйича ишлар амалга оширилмоқда.

e-auksion.uz савдо платформаси оркали шаффоф аукцион ва танловларда иштирок этинг!

✅ Аукционда қатнашиш бўйича видео қўлланмани кўриш

✅ Саволларни йўллаш ва тезда жавоб олиш

✅ e-auksion.uz савдо платформасининг телеграмдаги расмий каналига кириш

☎️ Telefon: 71 202 21 11

☎️Хоразм вилояти ҳудудий
вакиллари: 99 446 44 22, 93 468 83 38

Президент мавзуни давом эттирди.Боғотнинг “Қалъа-жиқ” ва Элликқалъадаги Ақчакўлда санатория-курорт ташкил этиш, Бухорода...
28/04/2022

Президент мавзуни давом эттирди.

Боғотнинг “Қалъа-жиқ” ва Элликқалъадаги Ақчакўлда санатория-курорт ташкил этиш, Бухорода “Қадимий Бухоро” ва “Ўнинчи аср этноқишлоғи”, Наманганда “Оазис”, Сирдарёда “Сирдарё экотуризм”, Тошкент вилоятида “Гарден” туризм кластерлари ва Фарғонада “Фарғона парки” тематик боғини ташкил этиш бўйича йирик лойиҳаларни бошлаш кераклиги айтилди.

Вилоят ҳокимларига бир ой муддатда ушбу лойиҳаларни амалга ошириш учун ҳудудларни белгилаб, салоҳиятли инвесторларни аниқлаш ва амалий ишларни бошлаш топширилди.

Жорий йилда Ўзбекистон туризм магистрали бўйлаб 31 та туман (шаҳар) ҳудудидан ўтувчи йўл бўйида комплекс туризм хизматларини (автотураргоҳ, кемпинг, автосервис, овқатланиш, ёқилғи қуйиш) қамраб олган 1 тадан “карвонсарой” барпо этиш вазифаси қўйилди.

Бундай лойиҳаларга бир ой муддатда 1 триллион сўм кредит ресурслари ажратилади, йил якунига қадар яна 100 миллион доллар жалб қилинади.

Вилоят ҳокимлари ҳам камида 20 миллион долларлик лойиҳаларни ишга туриши шартлиги кўрсатиб ўтилди.

28/04/2022

Хонқа туманида 60 дан зиёд ноқонуний қурилмалар аниқланди.

Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр Агентлиги Хонқа туман бўлинмаси томонидан “Янги турмуш” маҳалласида 60 дан зиёд ноқонуний қурилмалар мавжудлиги аниқланиб, огоҳлантиришлар берилган ва эгаллаб олинган майдонлар ўз ҳолатига қайтарилмоқда.

t.me/xorstroyuz

 1. O'zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri - Zakirov Batir Irkinovich.2. O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining ...
27/04/2022



1. O'zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri - Zakirov Batir Irkinovich.
2. O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining birinchi o'rinbosari - Adilov Davronjon Kabildjanovich.
3. O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining o'rinbosari - Jahongirov Shukurullobek Akmaljon o'g'li.
4. O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining o'rinbosari - To'rayev O'ktam Ismoilovich.
5. O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining o'rinbosari - Babayev Nasrulla Nurillayevich.
6. O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining Apparat rahbari - Imomov Vosit Anvarovich.
7. Vazirning axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi - matbuot kotibi - Usmonov Saidnosir Saidkarimovich.
8. O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi v. v. b - Mansurov Shahriyor Shomuhiddinovich.

t.me/xorstroyuz

O'zbekistonda uch oyda 24,1 trln. so'mlik qurilish ishlari bajarilgan.2022-yilning yanvar-mart oylarida 24,1 trln. so'ml...
22/04/2022

O'zbekistonda uch oyda 24,1 trln. so'mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2022-yilning yanvar-mart oylarida 24,1 trln. so'mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Bajarilgan qurilish ishlari hajmi o'tgan yilning mos davriga nisbatan 6,3 % ga oshgan.

QURILISH ISHLARI HAJMI TARKIBIDA :

Kichik korxona va mikrofirmalar - 58,6 %
Yirik tashkilotlar - 23,5 %
Norasmiy sektor - 17,9 %

t.me/xorstroyuz

21/04/2022



Уй-жойнинг “снос”га тушганини аниқлаш бўйича давлат хизматлари кўрсатилади

“Қурилиш соҳасига оид ягона маъмурий қурилиш регламентларини тасдиқлаш тўғрисида” Ҳукумат қарори (200-сон, 20.04.2022 й.) қабул қилинди

✅ Қарорга кўра, қуйидагилар бўйича давлат хизматлари кўрсатишнинг маъмурий регламентлари тасдиқланди:

▫️бино ва иншоотларнинг ташқи кўринишини ўзгартиришни келишиш;
▫️бино ва иншоотларнинг ихтисослашишини ўзгартириш, қайта қуриш, реконструкция қилиш ҳамда ўз ҳудудида қўшимча бино ва иншоотларни қуришни лойиҳалаштиришга рухсатнома бериш;
▫️архитектура-режалаштириш топшириғини ишлаб чиқиш;
▫️лойиҳа-смета ҳужжатларини келишиш;
▫️қурилиш-монтаж ишларини бошлаш учун объектни рўйхатдан ўтказиш;
▫️қурилиш-монтаж ишлари тугалланган объектдан фойдаланиш учун рухсатнома бериш;
▫️кўчмас мулк бузилишга тушган ёки тушмаганлиги тўғрисида маълумотнома бериш.

🔰 Шунга мувофиқ, жумладан, бино ва турар жойларнинг бузилишга тушганлик ҳолати ҳақида маълумотнома олиш учун ДХМ ёки ЯИДХПга мурожаат қилинади.

⏳Маълумотнома олиш учун аризалар ЯИДХП орқали дам олиш ва байрам кунларидан қатъи назар, 24 соат давомида юборилиши мумкин.

🗓 Маълумотнома 3 иш кунида расмийлаштирилади ҳамда ариза берувчининг электрон мазилига юборилиб, унга бу ҳақида хабар берилади.

 "Obod mahalla" Dasturiga kiritilgan "Qirtepa" mahalla dining boshlanish qismiga kirish darvozasi o'rnatildi. t.me/xorst...
18/04/2022



"Obod mahalla" Dasturiga kiritilgan "Qirtepa" mahalla dining boshlanish qismiga kirish darvozasi o'rnatildi.

t.me/xorstroyuz

Xiva tumanida bajarilgan qurilish ishlarining asosiy ko‘rsatkichlari2022- yilning yanvar-fevral  oylarida  Xiva tumanida...
18/04/2022

Xiva tumanida bajarilgan qurilish ishlarining asosiy ko‘rsatkichlari

2022- yilning yanvar-fevral oylarida Xiva tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 264 ta qurilish tashkiloti tomonidan hajmi 54,9 mlrd so‘mga teng bo‘lgan qurilish ishlari bajarilgan.

Shundan 45,2 mlrd so‘mini yangi qurilish ishlari tashkil qilgan.

Jami qurilish ishlarining 78,1 % kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra bino va inshootlar eng katta hajmga ega bo‘lib, qurilish ishlarining 83,1 % ni yoki 45,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

t.me/xorstroyuz

🥋Urganchda ayollar uchun sport zali quriladiOʻzbekiston sportchilari orasida ayol sportchilar ulushini oshirish, gender ...
15/04/2022

🥋Urganchda ayollar uchun sport zali quriladi

Oʻzbekiston sportchilari orasida ayol sportchilar ulushini oshirish, gender tengligini taʼminlash maqsadida Urganch shahrida dzyudo, erkin va yunon-rum kurashi boʻyicha sportchi ayollar uchun alohida sport zali quriladi.

Bu haqida Vazirlar Mahkamasining «2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorida belgilab qoʻyildi.

Loyiha 2023-2024-yillar investitsiya dasturiga kiritiladi va Respublika byudjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.

t.me/xorstroyuz

🛣 Xorazmda 5 yilda 4,7 ming km uzunlikdagi yoʻl taʼmirlanadiBu haqida Vazirlar Mahkamasining «2022-2026-yillarda Xorazm ...
12/04/2022

🛣 Xorazmda 5 yilda 4,7 ming km uzunlikdagi yoʻl taʼmirlanadi

Bu haqida Vazirlar Mahkamasining «2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorida belgilab qoʻyildi.

👉 2022-2026-yillar davomida Xorazm viloyatida 4713,4 km uzunlikdagi yoʻllar quriladi va taʼmirlanadi.

Jumladan,

▪️Umumiy foydalanishdagi 1195 km uzunlikdagi yoʻllar asfalt qilinadi

▪️2940,5 km uzunlikdagi ichki xoʻjalik yoʻllari qum-shagʻal aralashmasi bilan qoplanadi

▪️257,9 km uzunlikdagi ichki xoʻjalik yoʻllari asfalt bilan qoplanadi.

🏗 Shuningdek, 5 yilda 262 ta koʻprikni qurish va taʼmirlash rejalashtirilgan.

t.me/xorstroyuz

 🏗Urganchda "Al Xorazmiy" shaharchasi quriladi. Bu o‘ziga xos klaster bo‘ladi. t.me/xorstroyuz
01/04/2022



🏗Urganchda "Al Xorazmiy" shaharchasi quriladi. Bu o‘ziga xos klaster bo‘ladi.



t.me/xorstroyuz

Address

Urganch Shahar, Al-Xorazmiy 30 Uy
Urgench
220100

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Xorazm viloyat Qurilish bosh boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Xorazm viloyat Qurilish bosh boshqarmasi:

Share