O’zbekgidroenergo AJ

O’zbekgidroenergo AJ "O'zbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyatining Facebookdagi rasmiy kanali
Toshkent sh, A. "O`ZBEKGIDROENERGO" AJ
Toshkent sh, A.

Navoiy ko`chasi, 22-uy
Ishonch Telefon: +99878 150-50-15
[email protected]
Call center: 1386

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar:
https://linktr.ee/uzgidro Navoiy ko`chasi, 22-uy
Telefoni-55 51213 86
[email protected]
Call center: 1386
Ijtimoiy tarmoqlar: https://linktr.ee/uzgidro

  “UzHydroPower” zavodida “Dolzarb 100 kunlik”: samarali boshqaruv va kuchaytirilgan nazorat ostidagi ishlab chiqarish s...
26/04/2026




“UzHydroPower” zavodida “Dolzarb 100 kunlik”: samarali boshqaruv va kuchaytirilgan nazorat ostidagi ishlab chiqarish sari

“O‘zbekgidroenergo” AJ tizimidagi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “UzHydroPower” zavodida Boshqaruv raisi tomonidan eʼlon qilingan “dolzarb 100 kunlik” doirasida ishlab chiqarish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish, faoliyatda har tomonlama intizom va nazoratni kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

25/04/2026




Andijon viloyati Buloqboshi tumanida loyihaviy quvvati 6,9 MVt bo‘lgan “JFK-3” kichik GES hozirda test-sinov rejimida mutaxassislar nazorati ostida elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda. Mazkur GES to‘laqonli ishga tushirilgach, yiliga o‘rtacha 33 mln kVt.soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.

  “Qo‘g‘ay-2” GES: 6 MVt quvvatli yangi loyiha amalga oshirilmoqdaNamangan viloyatidagi Katta Andijon kanali bugun yangi...
25/04/2026




“Qo‘g‘ay-2” GES: 6 MVt quvvatli yangi loyiha amalga oshirilmoqda

Namangan viloyatidagi Katta Andijon kanali bugun yangi energiya manbaiga aylanmoqda. U yerda kichik GESlar kaskadini barpo etish loyihasi jadal surʼatlarda amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda gidroenergetikani rivojlantirish borasida “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan izchil va istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Bu tashabbuslar nafaqat energiya ishlab chiqarish hajmini oshirish, balki “yashil” energetika ulushini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Aynan shu loyiha doirasida quvvati 6 MVt bo‘lgan “Qo‘g‘ay-2” GES qurilishi yangi bosqichga kirgan. Hozirda obyektda qurilish-montaj ishlari qizg‘in pallada olib borilmoqda.

Ushbu zamonaviy gidroinshoot hududning energiya taʼminotini yanada barqaror qilishga xizmat qiladi, tabiiy resurslardan samarali foydalanish imkonini oshiradi hamda ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarishga munosib hissa qo‘shadi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ mas’ul xodimlari “Cyber Security Spring Challenge” o‘quv-amaliy seminarida faol ishtirok etdilarJ...
24/04/2026

“O‘zbekgidroenergo” AJ mas’ul xodimlari “Cyber Security Spring Challenge” o‘quv-amaliy seminarida faol ishtirok etdilar

Joriy yilning 22-24-aprel kunlari “O‘zbekgidroenergo” AJning Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi xodimlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Kiberxavfsizlik markazi” DM tomonidan tashkil etilgan “Cyber Security Spring Challenge” o‘quv-amaliy seminarida faol ishtirok etdilar.

Seminar-trening shaklidagi tadbir davomida markaz mutaxassislari tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar uchun ochiq savol-javoblar, muhokamalar hamda “camp” formatidagi interaktiv sessiyalar tashkil etildi.

Tadbir doirasida quyidagi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha muhokamalar olib borildi:

- “SLA” kelishuvlari va ularning amaliy ahamiyati;

- MAI reyestriga kiritish jarayonlari hamda tashkilotlarda kiberxavfsizlikni ta’minlash masalalari;

- “ISO 27001” milliy standarti asosida axborot xavfsizligini boshqarish tizimini joriy etish va sertifikatlashtirish;

- Mamlakatimizda kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning asosiy talablari.

Energotizim barqarorligi yo‘lidagi amaliy o‘quv mashg‘uloti“Samarqand GESlar kaskadi” filiali, Janubiy-G‘arbiy mintaqavi...
24/04/2026

Energotizim barqarorligi yo‘lidagi amaliy o‘quv mashg‘uloti

“Samarqand GESlar kaskadi” filiali, Janubiy-G‘arbiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi hamda Samarqand hududiy dispetcherlik xizmati hamkorligida energetika tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarga qarshi o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida filial tezkor dispetcherlarining favqulodda vaziyatlardagi dastlabki harakatlari, yong‘in holatini cheklash, zarur xavfsizlik choralarini ko‘rish hamda tegishli xizmatlarga tezkor xabar berish tartibi amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazildi.

Shuningdek, Samarqand hududiy dispetcherlik xizmati tomonidan energiya tizimi barqarorligini ta’minlash, yuklamalarni qayta taqsimlash hamda operativ boshqaruvni tashkil etish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar amaliyotda qo‘llab ko‘rildi.

Janubiy-G‘arbiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi tomonidan mashg‘ulot jarayonlari muvofiqlashtirilib, umumiy nazorat ta’minlandi.

Mazkur o‘quv-amaliy mashg‘ulot ishtirokchilarning favqulodda vaziyatlarda o‘zaro hamkorlikdagi harakatlarini mustahkamlash, tezkorlikni oshirish hamda energetika tizimi ishonchliligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Tashkilotning xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qanday dasturlar asosida o‘qitiladi?Davlat organlari va t...
24/04/2026

Tashkilotning xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qanday dasturlar asosida o‘qitiladi?

Davlat organlari va tashkilotlari, ularning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnoma (namunaviy hujjat) asosida tashkilotlarda qabul qilingan ichki hujjatga muvofiq, o‘qitish quyidagi 4 xil o‘quv dasturlarini ko‘zda tutishi lozim:

- barcha xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi umumiy o‘qitish;

- tashkilot xodimlarini odob-axloq qoidalari bo‘yicha umumiy o‘qitish;

- korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar uchun korrupsiyaga qarshi maxsus o‘qitish;

- tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi va rivojlanishi uchun masʼul bo‘lgan xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi maxsus o‘qitish.

Sunʼiy intellekt va raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi“O‘zbekgidroenergo” AJ Bosh...
24/04/2026

Sunʼiy intellekt va raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining Sunʼiy intellektni joriy etish bo‘yicha maslahatchisi Ruslan Ayitbayev rahbarligida sunʼiy intellekt, raqamlashtirish hamda axborot xavfsizligi yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida amaldagi barcha loyihalarning joriy holati atroflicha ko‘rib chiqildi. Jumladan, HRM tizimini dastlabki test rejimida ishga tushirish jarayonlari, gidroelektr stansiyalarda video kuzatuv tizimlariga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, axborot xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

24/04/2026

So‘xda yangi GES quriladi: 20 ming xonadon barqaror elektr energiya bilan taʼminlanadi

   So‘xda 15 MVt quvvatga teng  “milliy GES” loyihasi amalga oshiriladiSo‘x tumani o‘zining betakror va xushmanzara tabi...
23/04/2026





So‘xda 15 MVt quvvatga teng “milliy GES” loyihasi amalga oshiriladi

So‘x tumani o‘zining betakror va xushmanzara tabiati, boy milliy urf-odat va anʼanalari, yuksak qadriyatlari hamda mahalliy aholiga xos mehmondo‘stligi bilan ajralib turadigan hududlardan biri hisoblanadi. Tuman Farg‘ona viloyatining janubida, So‘x daryosi vodiysida joylashgan bo‘lib, to‘laligicha qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasining Botken viloyati bilan o‘ralgan eksklav hududdir.Bugungi k***a So‘x tumanidagi 25 ta mahallada 88,6 ming aholi istiqomat qiladi.

Xabaringiz bor, 2026-yil mart oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan edi. Unda So‘xning betakror tabiati, musaffo havosi, daryolari va salqin iqlimi hududni iqtisodiyotning muhim drayverlaridan biriga aylantirish imkonini berishi alohida taʼkidlandi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan hududlarning gidroenergetika salohiyatini o‘rganishga qaratilgan izchil ishlar davom ettirilmoqda.
Bu borada, Jamiyat Boshqaruvi raisi Islom Abduraxmonov boshchiligidagi mutaxassislar guruhi So‘x tumanida bo‘lib, hududning gidroenergetik salohiyatini kompleks ravishda o‘rgandi. Amaliy tashrif davomida hududning tabiiy-relyef sharoiti, suv oqimlari, gidrologik xususiyatlari va mavjud infratuzilma imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi. O‘rnatilgan tartibda topografik ishlar amalga oshirildi. Mutaxassislar tomonidan hududda gidroelektr stansiyaqurish imkoniyatlari va kelgusi istiqbolli loyihalar uchun zarur shart-sharoitlar kompleks tahlil qilindi.

Tuman hokimligi rahbariyati, masʼullar hamda mahalla oqsoqollari va faollari ishtirokida loyiha doirasida amaliy ishlarni boshlashga – xayrli ish rivojiga duoi fotiha qilindi.

Asosiy maqsad – har bir tomchi suvdan samarali foydalanish, elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini ko‘paytirish orqali aholi manfaatlariga xizmat qilishdir.

Jamiyat tizimidagi “Gidroproyekt” AJ mutaxassislari tomonidan So‘x tumanida “milliy loyiha” doirasida 15 MVt quvvatga ega So‘x gidroelektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha to‘liq Jamiyat mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Mazkur “milliy GES” loyihasi doirasida tizimdagi “UzHydroPower” zavodida mahalliylashtirish asosida ishlab chiqarilayotgan gidroagregatlar, asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar yetkazib beriladi. Loyihani 2026-2028-yillar davomida qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Ushbu istiqbolli loyiha qurilishi jarayonida kamida 800 nafar ishchi jalb qilinadi. Bu esa 800 ta oilaning daromad manbai yaratilishiga xizmat qiladi. GES foydalanishga topshirilgach, yana 17 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi.

So‘x GES ishga tushirilgach, yiliga o‘rtacha 48 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu esa tumanning yillik 70 mln kVt•soat elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining qariyb 70 foizini qoplash imkonini beradi. Natijada 20 mingdan ortiq xonadon, shuningdek, hududning ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmasi barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.Shuningdek, loyiha amalga oshirilishi natijasida yiliga qariyb 14 mln m3 tabiiy gaz iqtisod qilinadi. Hududning yalpi ichki mahsulotini oshirish, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga sezilarli turtki beradi. Bundan tashqari, suv to‘sish inshooti hamda yangi kanal qurilishi natijasida 1300 gektar sug‘orish maydonlari kafolatli suv bilan taʼminlanadi.

Ichki turizm – jamoa birligi va ma’naviy yuksalish omili“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida “O‘zbekgidroene...
23/04/2026

Ichki turizm – jamoa birligi va ma’naviy yuksalish omili

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi filiallar va tashkilotlarning boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashabbusi bilan ichki turizmni rivojlantirish maqsadida yillik reja asosida respublikamizning tarixiy va zamonaviy shaharlari, muqaddas qadamjolari hamda so‘lim tabiat maskanlariga sayohatlar muntazam tashkil etilmoqda.

Jumladan, “Hisorak GES” filiali xodimlari uchun Samarqand viloyatidagi Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirildi. Ushbu muqaddas maskan islom olamining buyuk allomalaridan biri – Imom al-Buxoriy nomi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, butun musulmonlar olami uchun tabarruk ziyoratgoh sanaladi. Majmua Yangi O‘zbekistonning bebaho durdonalaridan biri bo‘lib, nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijiy sayyohlar, ayniqsa musulmon mamlakatlaridan tashrif buyuruvchilar uchun katta ahamiyatga ega. Ushbu maskan ezgulik, ma’rifat va ruhiy poklanish timsoli sifatida alohida e’tirof etiladi.

Shuningdek, tizimdagi yana bir tashkilot – “Energoqurilishindustriya” MCHJ kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 50 nafar xodim uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida Jizzax viloyatiga, xususan so‘lim Zomin tumaniga ikki kunlik sayohat tashkil etildi. Safar davomida ishtirokchilar Zominning betakror tabiati, toza havosi va zamonaviy dam olish maskanlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur sayohatlar xodimlarning ma’naviy-ruhiy saviyasini yuksaltirish, jamoada o‘zaro hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlash, shuningdek, yurtimizning boy tarixiy va tabiiy merosini keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.

Mikro va kichik gidroelektr stansiyalar – elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun suv oqimlarining tabiiy harakati ener...
22/04/2026

Mikro va kichik gidroelektr stansiyalar – elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun suv oqimlarining tabiiy harakati energiyasidan foydalanuvchi, o‘rnatilgan quvvati tegishincha 0,2 MVt va 30 MVtgacha bo‘lgan to‘g‘onsiz gidroelektr stansiyalar.

Address

Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712303350

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when O’zbekgidroenergo AJ posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to O’zbekgidroenergo AJ:

Share

Category