Uzdavyerloyiha DILI

Uzdavyerloyiha DILI Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Uzdavyerloyiha DILI, Science, Technology & Engineering, 100124, Toshkent sh, Mirzo Ulug‘bek tumani, Feruza 1 dahasida joylashgan, 158b uy, Tashkent.

🇺🇿 BIR BAYROQ, BIR JAMOA, BIR MAQSAD!Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi Birinchi...
17/06/2026

🇺🇿 BIR BAYROQ, BIR JAMOA, BIR MAQSAD!

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi Birinchi g'alabasini "O'zdavyerloyiha" DILI birgalikda institutda tomosha qilamiz!

🇺🇿 O‘zbekiston- Kolumbiya 🇨🇴
18-iyun Soat 07:00 (Toshkent vaqti bilan)

Har bir muxlisning ishonchi – jamoamizga kuch, har bir qo‘llab-quvvatlov – g‘alaba sari yana bir qadam!

🇺🇿 OLG'A O'ZBEKISTON!

16/06/2026

“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti Farg‘ona viloyat bo‘linmasi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, tuproq unumdorligini saqlash va yer resurslarini boshqarishda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanmoqda.

16/06/2026
09/06/2026



“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti Surxondaryo viloyati bo‘linmasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Yangi bino zamonaviy me’yorlarga mos tarzda qurilib, xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlari yaratildi. Shuningdek, loyiha ishlarini raqamlashtirish, yer tuzish va kadastr sohalarida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari kengaytirildi.

   Xabaringiz bor, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqo...
08/06/2026



Xabaringiz bor, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida Yer resurslari va kadastr fakultetining 80 yillik yubileyi munosabati bilan “80 yillik tajriba: yer resurslarini boshqarish va kadastr sohalarida geoinnovatsion (fazoviy) tadqiqotlar istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

Mazkur konferensiya doirasida, "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Yer tuzish bo'limi boshlig'i, Qishloq xo'jaligi fanlari doktori katta ilmiy xodim Ramziddin Sharopov tomonidan "Yer tuzish chizmasi 2025-2030" mavzusida taqdimot qilindi.

    “Frankfort” mehmonxonasida Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" MCHJ tashki...
06/06/2026



“Frankfort” mehmonxonasida Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" MCHJ tashkil qilinganini 5 yilligi munosabati bilan “Qishloq xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish istiqbollari” mavzusida amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

Ushbu sana munosabati bilan "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti agrosanoatni raqamlashtirish sohasi rivojiga qo'shgan hissasi uchun vazirlik tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

   Ayni damda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot uni...
05/06/2026



Ayni damda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida Yer resurslari va kadastr fakultetining 80 yillik yubileyi munosabati bilan “80 yillik tajriba: yer resurslarini boshqarish va kadastr sohalarida geoinnovatsion (fazoviy) tadqiqotlar istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tmoqda.

Mazkur shodiyona munosabati bilan "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti Bosh direktori Texnika fanlari doktori, professor Ruhiddin Amirqulovich Turayev tomonidan tabriknoma o'qib esh*ttirilib esdalik sovg'alari topshirildi.

03/06/2026



QISHLOQ XO‘JALIGIDA YER MAYDONLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MEXANIZMLARI

Xabaringiz bor “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining yerdan foydalanishdagi mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–68-son, 24.04.2026-y.) qabul qilingan.

🔰 Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan respublikaning barcha hududlaridagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PF–18-son Farmonida belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi, bunda:

🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining taklifiga asosan 50 gektardan – 500 gektargacha o‘lchamdagi yer uchastkalarini faqat sanoat usulidagi plantatsiyalar tashkil qilish va chorvachilik uchun yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turini belgilagan holda auksion savdolariga chiqarishga yo‘l qo‘yiladi;

🔹 auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi yer uchastkasi normativ qiymatining 50 foizi miqdorida belgilanadi, har bir takroriy savdoda sotilmagan lot narxi 10 foizdan bosqichma-bosqich boshlang‘ich narxning 10 foizi miqdoriga (yer uchastkasini auksion savdolariga chiqarish xarajatlaridan kam bo‘lmagan miqdoriga) qadar pasaytirililishi belgilangan.

     Aziz yurtdoshlar!Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instit...
27/05/2026



Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti jamoasi nomidan chin qalbimdan tabriklayman.

El-yurtimizning bu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin!

Aziz Vatanimizda tinchlik va barqarorlik hamisha bardavom bo‘lsin!

Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning O‘zi doimo madadkor bo‘lsin!

Ruhiddin Amirqulovich Turayev
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti Bosh direktori

Address

100124, Toshkent Sh, Mirzo Ulug‘bek Tumani, Feruza 1 Dahasida Joylashgan, 158b Uy
Tashkent
100124

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Uzdavyerloyiha DILI posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share